184
applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to‘plangan
barglar material
xizmatini o‘tashi kerak.
Bolalar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglari, shakllarini
qiyoslashni o‘rganadilar, bu ular-ning kuzatuvchanligi va e’tiborligini
o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar oldindan tayyorlab
quyilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. SHundan keyin
o‘quvchilarga barglarning mehnat darslarigacha rangini yo‘qotmasligi,
buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi.
Har bir ekskursiyada o‘quvchilarning e’tibori insonning yaratuvchilik
mehnatiga aloatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya
oxirida unga yakun
yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umumlashtiriladi. Bundan
tashqari, o‘kuvchilarga uylarida kapalak va ninachilar tasviri
tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli,
rangi qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi darsda bolalar
applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq
bilan namoyish qiladilar, agarda
applikatsiyani o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan
mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars
kuyidagi sxemaga ega bo‘lishi mumkin:
1.Dars temasi va maqsadini aytish.
2.Utkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat:
a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik?
b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?
v) ularning barglarining shakli bir xilmi?
g) qanday xasharotlarni ko‘rdnk?
3. Namuna razbori:
a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan?
b) uning qismlari qanday joylashgan?
v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?
4. Ishni bajarish tartibini aniklash:
a)
kapalakning
ayrim
qismlarn
(tanasi,
qanotlari)ning
joylashishinn grafik tasvirlash;
b) kapalakning tanasi va kanoatlari
uchun shakli hamda
o‘lchamlari bir xil bo‘lgan barglarni topish;
v) ularni kog‘ozda joylashtirish;
g) ishni amaliy bajarish.
185
5. O‘qituvchining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari.
6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish:
a) kapalakning ayrim qismlarini kog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash;
v) elimlash ishlarini tartibli bajarish;
g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash;
d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan
daraxtlarning nomlarini yozish;
7. Ishni baholash.
Ijodiy xarakterdagi ishlar: Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya
tuzish». O‘qituvchi umumiy vazifa be-radi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi
namunasi asosida o‘z variantlarini izlaydilar.
Uqituvchi kelgusi darsda baliqlardan apshshkatsiya qilinishini
aytib, uyda baliqlarning rasmlarini ko‘rish va kerakli materiallar (barg,
urug‘, gul tojibarglari va shu kabilar)ni to‘lab olib kelishni topshiradi.
Darsning sxemasi oldingisi bilan bir xil. Doksaga baliq rasmi
tasvirlangan plakatni osib qo‘yib, bolalar bilan birgalikda baliq tanasi,
baliqning boshi, kanotlari, dumining shakli razbor qilinadi.
Baliq
turiga ko‘ra baliqning tanasi, qanot va dumlari xar xil bo‘lishi
mumkinligi aniqlanadi, shuning uchun bu nshda turli tabiiy
materiallardan foydalanish mumkin bo‘ladi.
SHundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi.
Avval baliq qismlari uchun material tanlash,
uning umumiy
konturini chizish kerak. SHundan keyin kaysi detalning qanday
tartibda elimlanishini, detallarning joylarini aniqlash va so‘ngra ishga
kirishish lozim. Bunday yumushlar bajarilayotgan ishga ijodiy
yondoshishni o‘stirishga yordam beradi. Darsga yakun yasash va
bajarilgan ishni baholashda o‘qituvchi foydalanilgan materiallar
nomini so‘raydi.
Bu tabiiy materiallar bilan ishlash darsining taxminiy tuzilishidir.
Har bir dars kompozitsiyalar tuzish, tanlash, material, o‘quvchilarning
mustaqil ishlashlariga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.