266
ularni quritish bilan shug‘ullanmaydilar. O’simliklarni gerbariylar va
applikatsiya ishlari uchun quritishda ishlov berish hamda tayyorlash
usullari M. P. Berimchgauzenning «O’simliklarni
tabiiy rangini
saqlagan holda quritish», 3. A. Mamatovaning «O’simliklarning tabiiy
rangi va shaklini saqlagan holda gerbariy qilish» kitoblarida yaxshi
bayon etilgan. Pressda kuritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar
gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlari o‘rtasiga joylanib, og‘ir
narsa
bostirib
qo‘yiladi. Og‘irlik pressga qancha o‘simlik
joylashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam
og‘irlikni va kuritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2—3 soatdan
so‘ng qog‘oz prokladka almashtiriladi. Quritish shu usulda davom
ettiriladi. Issiq
dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar
quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasida o‘simlikni
qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatdagi gazetani
olib, quritilayotgan narsani shamollatiladi va quruq joyga suriladi,
so‘ngra gazetani yopib yana dazmollanadi. O’simlik 2—3
minutda
quriyda va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan
narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini ushlab tursa, u yaxigi quritilgan
hisoblanadi,
agarda u sinib, maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha
quritib yuborilgan hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklar, ayniqsa gullar
gigroskopik bo‘lib, nam tekkanda ular tezda ildiz otadi, shuning uchun
foydalanishga qadar ularni quritilgan joylarida, varaqlar orasida, yopiq
papka, quti, shkaflarda saqlagan ma’qul.
Bunda ular pechka va shu
kabi isitish asboblaridan uzoqroqda bo‘lishi kerak, aks holda ular
ortiqcha qurib, sinuvchan bo‘lib qoladi. Zarang, jo‘ka, shumtolning
urug‘larini kuzda urug‘lar pishib daraxtdan to‘kilganda teriladi. Biroq
bu ishni kech kuzga qoldirib bo‘lmaydi, aks holda ular ortiqcha qurib
sinuvchan bo‘lib qoladi. To‘plangan urug‘lar qutichalarda quruq,
ammo issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: