Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
1.Tabiiy xomashyolar deganda nimalar nazarda tutiladi? 
2. Mahalliy xomashyolar haqida ma’lumot bering. 
3.Ish joylarini to`g`ri tashkil etish talablari qaysilar. 
3.Turli materiallar bilan ishlash qoidalarini tushuntiring.
4.Materiallarning 
hayotdagi 
ahamiyatini 
misollar 
asosida 
izohlang.
5.Kasb-hunar o`rgatish omillari qaysilar v anima uchun? 


267 
23-MAVZU. PLASTILIN VA LOY BILAN ISHLASH 
DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI 
Reja: 
 
1.Kulolchilik va haykaltaroshlik ishlari haqida ma’lumot.
2.Plastilin va loyning tarkibi va xususiyatlari.
3.Plastilin va loyga ishlov berish usullari.
4.Plastilin va loy bilan ishlash darslarida ish o‘rnini tashkil etish 
talablari.
5.Plastilin va loy bilan ishlash darslari tashkil etish metodikasi.
6.Plastilin va loy bilan ishlashda sanitariya-gigienik talablar.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: 
Kulolchilik va haykaltaroshlik, plastillin va loy, plastillin va 
loyning tarkibi, xususiyatlarii, , plastillin va loyning ishlatish usullari, 
plastilin va loy bilan ishlash darslari, sanitariya-gigienik talablar
 
Boshlang’ich sinflarda loy va plastilin bilan ishlash 
mashg’ulotlarining 
maqsadi 
va 
vazifasi 
bolalarning 
haykaltoroshlikning elementar asoslari bilan tanishtirish va amaliy 
ishlashga o’rgatish ularda bu qadimiy hunarga qiziqishlarini oshirish
nazarda tutadi. Bunday mashg’ulotlarni yuksak saviyada tashkil etish 
va o’tkazish har bir o’qituvchidan mazkur soha bo’yicha ma`lum 
tayyorgarlikka ega bo’lishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchilar 
o’z ustlarida ko’proq ishlashlari, xaykaltoroshlik va kulolchilik 
asoslarini yaxshi bilib olishlari kerak bo’ladi. 
Haykaltaroshlik tasviriy san’at ichida eng qadimgi san’atdir. 
San'atning haykaltaroshlik turining xususiyati tasvirning hajmli plastik 
formasidir. Odamlar hali yozish va surat solishni bilmagan 
chog’lardayoq yopishqoq materiallardan odam va hayvon gavdasiga 
o’xshash shakllarni yasashga harakat qilganlar.
 
Haykaltaroshlikning bosh ob’ekti – odamdir. Haykaltaroshlik 
odamni turli-tuman kayfiyatda ifodalay oladi: odamning figurasini, 
chehrasini, murakkab kechinmalarini, kayfiyat, xarakterni ko’rsatishi, 
odamning ichki dunyosi, intilishi, ehtirosi va umidlarini hikoya qilishi 
mumkin. 


268 
Haykaltarosh o’z g’oyasini avval qog’ozda aniqlab oladi: suratini 
chizadi, qismlar joylashishini tuzadi, massa va hajmlar nisbatini 
qidiradi. So’ngra esa yasay boshlaydi. Metalldan ishlangan qattiq 
plastinka (karkas) ustiga to kerakli tasvir paydo bo’lmaguncha gil yoki 
plastilin 
chaplaveradi. 
Bunda 
hajm 
doim 
kattalashaveradi, 
haykalraroshlar tili bilan aytganda, “o’saveradi”. Shu sababli 
haykaltaroshlikni plastic san’at deb ataladi (grekcha “plastika”
so’zidan, ya’ni “yasamoq” demakdir). 
Haykalni toshdan yoki yog’ochdan ishlansa, uni yopishtirib 
yasamaydilar, tarashlab yoki chopib yasaydilar. Shu sababdan 
haykaltaroshlikni ba’zan o’ymakorlik deb ham ataydilar. 
Haykaltarosh odam obrazini yaratar ekan, odamning tana 
tuzulishini kuzatadi, materialning yuzasiga shunday ishlov beradi, 
hajmini shunday yasaydiki, har bir muskul, tananing har bir qismi 
boshqalari bilan garmonik suratda uyg’un bo’ladi. Shu tariqa 
haykaltarosh o’z ijodiga ko’p bilim, aql, ko’pgina his-tuyg’u, mehnat 
sarflaydi.
Mo'ljallanishiga ko'ra xaykaltaroshlik monumental, monumental 
dekorativ 
hamda 
stanokli 
turlarga 
bo'linadi. 
Monumental 
haykaltaroshlik 
asarlari 
haykallar, 
monumentlar 
va 
byust-
monumentlardir. Ular jamoat joylarida va asosan ochiq havoga 
o'rnatiladi. Monumental-dekorativ haykaltaroshlik shaxarlar, istirohat 
bog'lari arxitekturasini, turar joy va idora binolari inter'erini bezaydi. 
Xotira taxtalari, xotira komplekslari hamda istiroxat bog'i haykallari 
statuylar, byustlar, favvoralar, dekorativ guldon kabilar ham shu 
bo'limga taalluqlidir. Stanok haykaltaroshligida odatda intererni 
bezaydigan cho'yan, yog'och, bronza, chinnidan yasalgan kichik 
statuetkalar yasaladi. Material asarning nimaga mo'l-jallanganligi 
hamda yaratilayotgan obrazga ko'ra tanlanadi. Plastik tasvirlar orasida 
aylana haykaltaroshlik yolg'iz tur emas. Undan tashqari, barelef va 
gorelef xam mavjud. Relef aylana haykaltaroshlikdan farq qilib, yassi 
satxda aks etadi. Barelef o'z hajmining yarmidan kamrog'iga, gorelef 
esa yarmidan ko'progiga bo'rtib chikadi. Bu haykaltaroshlik 
formalaridan idish-tovoq sathini, binolarning old tomoni, intsreri va 
shu kabilarni bezashda foydalaniladi. 
Kulolchilik- 
hunarmandlikning 
loydan 
turli 
buyumlar 
tayyorlaydigan turi kulolchilikda asosiy xomashyo- tuproq. Loy 


269 
qancha ko'p pishitilsa, sopolning sifati shuncha yaxshi bo'ladi. 
Kulolchilikda asosiy qurol kulolchilik charxi, usta unda idishlar 
tayyorlaydi va ularga shakl beradi. Tayyorlangan idishlar quritilib, 
xumdonda qizdiriladi. Idishlarning turlariga qarab xumdonlar ham 
turlicha (katta-kichik) bo'lishi mumkin. Sirlanadigan idishlar 
sirlangandan so'ng yana bir bor xumdonda qizdiriladi. Odatda, kulollar 
ma'lum idishlar ishlab chiqarish bo'yicha ixtisoslashgan bo'ladilar. 
Kulolchilik O'zbekistonning hamma joyida uchraydi. Ammo 
badiiy buyumlar yaratishda eng yirik markazlardan Rishton, G'jduvon, 
Shahrisabz, Xiva, Xonqa, Samarqand, Toshkent qadimdan mashhur 
bo'lgan. Masalan, G'ijduvon sopol idishlari o'zining rang-barangligi
pishiqligi va qatlamliligi bilan ko'zga tashlanadi. Ularda xatlami 
uslubida to'q jigar rang, fonida yashil, to'q sariq, to'q ko'k va qizil 
g'isht rangli naqshlar bir necha qatlamda berilgan bo'lib, 
bo'rtirilgandek seziladi. 
Rishton kulollari yaratgan sirli idish va sopol buyumlar o'zining 
nozik va murakkab naqshlari, bo'yoqlar koloriti, ayniqsa, och ko'k 
kobalti va feruza rangli bir necha ohangligi bilan ajralib turadi. 
Hozirgi Rishton buyumlaridagi qalami uslubida yaratilgani naqshlar 
yirik va dekorativ xildagi ornamentli.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin