Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o


Narsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE

Narsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar
. Loy 
bilan 
ishlaganda 
asosan 
oddiy 
asboblar: 
pichoq, 
oddiy 
konstruktsiyadagi yog'och va metall uchli stekalardan foydalaniladi. 
Plastilin va mum bilan ishlaganda metall stekalardan foydalaniladi. 
Ularni qizitish hamda yo'g'on mis, alyumin yoki temir simdan 
tayyorlash mumkin. Sirkul, sirkul-pantograf, merka, chizg'ich va 
burchaklar kabi o'lchov asboblari modellarni chizish va o'lchash 
ishlarida kerak bo'ladi. 


274 
Malbert 
- bu oddiy yog'och taglikni ustaxonada bemalol yasash 
mumkin. O`lchami 20 x 30 yoki 25 x 25 sm bo'lgan fanera, organik 
shisha yoki boshqa materiallardan tayyorlangan tagliklardan ham 
foydalanish mumkin. 
Tayyor narsalardagi changlarni yo'qotish, loy parchalarini supurib 
tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har xil 
mo'yqalamlar kerak bo'ladi. Diametri 2-3 sm va 1,5 sm li 
mo'yqalamlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 
Sprintsovka loydan yasalgan narsalarga suv purkash va formalash 
vaqtida loyni yuvib tashlash uchun kerak. Sprintsovka dorixonalarda 
sotiladi. 
Loydan narsalar yasash usullari.
Loy va plastilin bilan ishlash 
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bir qator qoidalarga rioya 
qilishni talab etadi.:
 
Yumaloqlash
- bu bir parcha loydan shar yasash, unga olcha, 
olma kabilar shaklini berishdir. Bir bo'lak loydan kaftda aylana 
harakatlar bilan shar yasaladi. Shar yasash, so'ngra uzunasiga 
harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
 
Yassilash 
- sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning xolati doimo 
o'zgarib turadi. 
Cho'zish
- sharikninig bir qismi cho'ziladi. 
Surish (yamash)
buyumning ayrim qismlarini o'zaro biriktirish. 
Haykaltaroshlik va kulolchilik mashg'ulotlarida plastilin ham 
keng miqyosda qollaniladi. Lekin u bilan ishlashda ayrim qonun-
qoidaga rioya qilishga to'g'ri keladi. Plastilin sovuq bo'lganda ancha 
qattiqlashib qoladi. Ish boshlashdan oldin esa uni biroz yumshatish 
kerak bo'ladi. Buning uchun plastilin solingan qutichamashg'ulot 
boshlanishidan oldinroq issiqlik manbaiga yaqinroq joyga qo'yiladi 
yoki salgina namlangan qo'lning kaftida tutib turiladi. Natijada 
plastilin yumshab, ishga tayyor bo'ladi. Plastilinni qo'lda uzoq vaqt 
tutib turish yaramaydi.
O`zbekistonning iqlimi issiq, jazirama bo’lganligi bois narsalar 
yasash bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni loydan bajarilishi maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda o'z 
shaklini tez yo'qotadi. Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni 
yasashdan boshlash kerak. Tayyor namuna yoki rasm bo'yicha 
ishlashni taklif etish mumkin. O`quvchilar narsalar yasash usullarini 


275 
egallab olganlaridan so'ng o'yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ 
idishlarni yasashga o'tishlari mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin