Buxoro davlat universiteti matlab tilavova texnologiya va uni o



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/114
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#196914
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
12695 2 1F78141C8FE347CF075407B8659ABEF4B14CF9DE





291 
anglatadimi? (yo`q, albatta. Uzilishga mustahkamlikni tekshirish 
uchun bir xil raqamli iplarni tanlash kerak). 
Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqish.
Ma’lumki, uchnchi sinf o`quvchilari uchun gazlamalarning 
ko`pchilik muhim xususiyatlarini aniqlash qiyinchilik tug`dirmaydi. 
Har bir namunani ko`rib, ushlab ko`rib, ular gazlama qalinligi va 
rangini uning pardozi xususiyatlarini, cho`ziluvchanligi, zichligi, 
mayda nuqsonlar borligi va hokazo aniqlaydilar. Olingan ma‘lumotlar 
va namunalarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarga 
o`rganilayotgan gazlama qanday toladan tayyorlanganini, taxminan 
bo`lsa ham, aniqlashga yordam beradi. Keyinroq bajariluvchi 
qo`shimcha o`rganishlar natijasida uchinchi sinf o`quvchilari bu 
masalani aniqroq hal etadilar. 
To`rtinchi sinf o`quvchilariga tola turiga ko`ra gazlamalarning 
bo`linishini eslatish maqsadida o`tkazilgan qisqa suhbatdan keyin 
o`qituvchi o`quvchilarga sun`iy va sintetik tolalardan qilingan bir 
necha gazlama namunalarini tanlashni taklif qiladi. Bunda o`quvchilar 
sun`iy 
tolalar 
(viskoza) 
sellyulozadan, 
asosan 
yog`och 
sellyulozasidan, sintetik tolalar esa (kapron, lavsan, nitron va 
boshqalar) sun`iy smolalar eritmalaridan olinishini bilib oladilar. Sinf 
devoriy to`plamining ko`rsatilishi bu materialni qiziqarli yetkazib 
berish, o`quvchilarga sintetik tolalarning ajoyib xususiyatlari va 
olimlarning bunday tolalar hamda ular asosida gazlamalar 
yaratishdagi roli to`g`risida gapirib berishga yordam beradi. 
O`quvchilar sun`iy va sintetik tolalardan gazlama namunalarini 
to`plab, ular bilan o`z gazlama va iplar to`plamlarini to`ldiradilar. Ular 
turli tolalardan – o`simlik, hayvonlardan olingan, sun`iy va sintetik 
tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalarning 
tashqi ko`rinishi, ularning qalinligi, yuza silliqligi, namlanishdagi 
holatini qayd etadilar. Ayni vaqtda bu tolalardan qilingan iplarni ham 
ko`rib chiqish foydali. Aniqlovchi sifatida gazlama va iplar 
to`plamidan foydalanib gazlama namunalarini aniqlash usullarini 
birgalikda belgilaydilar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin