287
1. Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig`ir, jun, ipak
(tabiiy va sun`iy toladan), sintetik va aralashdan (u yoki bu tolalarning
turli kombinatsiyalaridan) iborat ekanligini; tolalarning o`simlik,
hayvon, sun`iy, sintetik va mineraldan olinishini;
2. Vazifasiga ko`ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to`qish
va boshqalarga bo`linishini;
3. Qalinligi bo`yicha iplar nomerlarga ko`ra bo`linishm, masalan,
tikuvchilik iplarining metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini
ko`rsatishi; Oddiy o`rganish orqali iplar qalinligi, eng avvalo ularning
tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga
bog`liqligini; (2-rasm).
2-rasm. Tikuvchilik iplari, shpagat, tasmada iplar qatlami sonini
aniqlash:
1 – 2,3,4 va 6 qatli ip; 2 – ipda qatlar sonin aniqlash uchun ochish
4. Rangiga ko`ra
iplar oq, qora va rangli bo`linishi,
ranglanmaydigan xom iplarni bilishi;
5. Sifati va eng avvalo, mustahkamligini hamda pardoziga ko`ra
iplar navlarga bo`linishini va iplar mustahkamligi tola turi va sifati,
uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog`liqligini o’rganishi
kerak.
Kuzatishlar va oddiy o`rganishlar vaqtida o`qituvchi tolali
materiallar va iplarning sinf to`plamni o’quvchilarga ko`rsatishi orqali
ularning iplar to`g`risidagi bilimlarni umumlashga erishishi mumkin.
O`quvchilar iste`molchilarga yetib kelgan har bir g`altak, o`ram,
bobinalar, iplar solinadigan qutilarda bo`luvchi etiketkalar bo`yicha
ish uchun zarur bo`lgan iplar to`g`risidagi ma‘lumotlarni
qanday
aniqlash kerakligini eslaydilar (3-rasm).
288
3-rasm. Turli vazifali iplar to`plami:
1 – tikuvchilik g`altak ipi; 2 – tikuvchilik ipi bobinasi;
3 – yamash ipi; 4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar);
5 – yamash ipi o`rami
Tashqi ko`rinishiga qarab iplar rangi va pardozlanishini, qatlar
soniniga qrab ip bo`lagini ochib aniqlash mumkinligi haqida
o’quvchilarga ma’lumotlar berish lozim. O’quvchilar etiketkalarda
yozilgan ip to`g`risidagi ma‘lumotlar– ip navi,
uning raqami, qatlar
soni, metr uzunligi (jun ip o`ramlarida ularning og`irligi ko`rsatiladi)
haqidagi ma’lumotlarni o`qib-o’rganishiga alohida e’tibor qaratislishi
ahamiyatli. O’quvchilar etiketka – bu ip g`altagi, o`ramining pasporti
ekanligini albatta, bilishi shart. Etiketka haqida etarlicha ko`nikmalar
bo`lgan o`quvchilar tikuvchilik ipi yorliq raqamini, ya‘ni ularning
qalinligini ancha-muncha aniq aniqlay oladilar.
Ipning kichik
bo`lagidan uchinchi sinf o`quvchilari uning rangi, qatlar, sonini
aniqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: