292
bunday o`ralishning o`ziga xos maketini ular rangli qog`oz yo`llardan
gilamcha «to`qiganda» tayyorlashgan.
III sinfda esa gazlamalarda iplarning oddiy o`ralishni o`rganish
davom etadi: polotno o`ralishga sarja, keyin esa satin (atlas)
o`ralishlar qo`shiladi. O`quvchilar bu o`ralishlardagi tanda va arqoq
iplari joylashuvi sxemasini yaxshiroq o`zlashtirib
olishi uchun
ko`rgazma materiali sifatida rangli qog`oz yo`llardan gilamchalardan
foydalanish yaxshi.
Sarja va satin o`ralishlarni bajarish usullarini ko`rsatish uchun
kichik to`quvchilik romchasi – tanda iplari parallel tortilgan yog`och
ramchadan foydalanish mumkin. Moki rolini katta igna bajaradi.
Tanda va arqoq iplari, qalin va kontrast rangda tanlanadi (5-rasm).
5-rasm. Gazlamlarda arqoq va tanda iplar o`ralishi:
1 – sarja; 2 – satin
Gazlama bo`laklarini tanda va arqoq iplari bo`ylab
aniq kesish
hamda tanda va arqoq chekka iplarini katta igna yoki bigiz bilan
ajratish maqsadga muvofiq. Gazlamalarda iplar o`ralishini ko`rib
chiqishda uchinchi sinf o`quvchilarini lupalar bilan ta‘minlash foydali.
O’quvchilar
gazlamalarda
tanda
va
arqoq
iplari
xususiyatlarini o`rganishda,
avvalo,
g
azlamalar nimadan va qanday
tayyorlanishini bilish, biron-bir narsa tayyorlash kerak bo`lgan
gazlamaning asosiy xususiyatlari va sifatini, gazlamada bo`ylama va
ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlay olish muhim.
Buyumlar va alohida
detallarni konstruktsiyalashtirish va tayyorlashda gazlamalardan
to`g`ri foydalanishlari uchun o`quvchilar eng muhim, ko`p
tarqalgan
va ishlov berish oson gazlamalar bilan tanishishlari kerak.
293
Gazlamalar tayyorlashda tanda va arqoq o`ralishlari to`g`risidagi
oldingi bilimlarini o`quvchilar eslashlari uchun ularga to`quvchilik
romchasi va unda eng oddiy o`ralishlar bilan qo`lbola gazlamaning
tayyorlanishi jarayonini ko`rsatish foydali.
Texnologiya
darslarida
kartondan
oddiygina
to`quvchilik
romchasini tayyorlab, ochiq kontrast rangli
qalin iplardan foydalanib
polotno o`ralishli gazlamaning kichik bo`lagini to`qish maqsadga
muvofiqdir.
Gazlama bilan keyingi ishlash uchun uchinchi sinf o`quvchilariga
o`zlari
ishlatadigan
gazlamalarda
bo`ylama
va
ko`ndalang
yo`nalishlarni aniqlashni o`rganib olish zarur.
O`qituvchi ikkala milklari bo`lgan katta gazlama bo`lagini
ko`rsatadi. Bu bo`lakda bo`ylama va ko`ndalang iplar qanday
joylashishini ko`rsatib beradi: birinchilari – bo`lak bo`ylab, ya‘ni
gazlama
milklariga parallel, ikkinchilari – ko`ndalang, ya‘ni milkdan
milkkacha o`tgan. Bu yo`nalishlarni gazlamaning kichik bo`lagida
ham, u bo`ylama yo`nalishni ko`rsatib beruvchi milk bilan birga kesib
olingan bo`lsa, aniqlash oson.
Milk bo`lmagan kichik gazlama bo`lagi bilan ishlashga to`g`ri
kelsachi? Bu holda tanda va arqoq iplari yo`nalishini qanday aniqlash
kerak? O`qituvchi o`quvchilardan stollari ustida yotgan gazlama
bo`laklarini diqqat bilan qarab chiqishni so`raydi.
Bularning qaysi
birida milkli gazlama bo`laklari bo`lsa, ularga oddiy o`rganish taklif
etiladi – gazlamani avval milkka parallel yo`nalishda, keyin esa –
ko`ndalang yo`nalishda tortish. O`quvchilar tanda iplari yo`nalishida
gazlama arqoq iplari yo`nalishidagiga qaraganda kamroq cho`zilishini
qayd etadilar. Xulosa chiqariladi: gazlamani ikki asosiy – bo`ylama va
ko`ndalang yo`nalishda cho`zilishi bo`yicha unda tanda va aqoq iplari
qanday joylashganini aniqlash mumkin. Bu xulosadan foydalanib
o`quvchilar o`z gazlama bo`laklarida tanda iplari joylashuvini aniqlab,
ularning yo`nalishini qabul qilingan shartli belgi –
uchlarida strelkali
to`g`ri chiziq kesmasi bilan belgilaydilar.
O`qituvchi taklifi bo`yicha o`quvchilar igna yordamida o`z
bo`laklari chetlaridan bo`ylama va ko`ndalang iplarni tortib
chiqaradilar, ularning tashqi ko`rinishi va cho`zilishga qarshiligini
taqqoslaydilar. Birgalikda xulosa chiqariladi: bo`ylama iplar (tanda
iplari) ko`ndalang iplarga qaraganda deyarli cho`zilmaydi
va ancha
294
mustahkamroq. Ular ko`proq eshilgan bo`lib, yuzasi arqoq ipidek
unchalik paxmoq emas, ancha silliq bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: