295
6-rasm. Gazlamaning o`ng va teskari yuzalarini aniqlash:
1 – rasmli gazlama (bosma); 2 – silliq gazlama (bir xil rangdagi)
1) gazlama o`ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega,
unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq;
2) rasmli gazlamalarda, masalan, chitda, o`ng
yuzadagi rasm
ancha ochiq va aniq bo`ladi (6.1-rasm);
3) yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o`ng tomoni yaltiroq,
teskari tomoni – xira bo`ladi;
4) to`quv rasmi (tanda va arqoq iplari o`ralishi rasmi)
gazlamaning o`ng yuzasida osonroq farqlanadi (6.2-rasm);
5) patli gazlamalarda (bumazeya, baxmal) o`ng yuza patlari
uzunroq;
6) gazlama milki o`ng yuzada sofroq, tekisroq bo`ladi.
Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari
yuzalarini farqlay olish zarur bo`lgan
hollarni eslab misollar
keltiradilar.
Dostları ilə paylaş: