297
8. Yumshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash;
9. Uy anjomlari (pardalar);
10. O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g`irchoq kiyimlari);
11. Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar,
chang artish, pol
yuvish uchun lattalar va hokazo).
Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish:
1. Maxsus ishlab chiqarish kiyimi;
2. O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin);
3. Parashyutlar;
4. Fazogirlar skafandrlari;
5. Changyutgich filtrlari;
6. Metro, avtobus, samolyot o`tirg`ichlari qoplami (sun`iy charm
asosi – gazlama);
7. Kinoteatr ekranlari;
8. Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar;
9. Plastmassa – tekstolit.
Gazlamadan detallarni yopishtirish.
Gazlamadan tayyorlangan
buyum detallari odatda ip bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik
ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq
foydalanib,
buning uchun maxsus yelim va moslamalardan foydalaniladi. Karton
va muqovalar ishlab chiqarishida ham gazlamani qog`oz va karton
bilan yyelimlanishini kuzatish mumkin.
Bunda maxsus muqovalash
gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu
matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi
hamma g`ovak va oraliqlarni to`ldiruvchi
maxsus tarkiblar bilan
shimdirilgani bilan farq qiladi. Shuning uchun bu gazlamalarning
teskari tomoniga yelim tarkibi surtilganda, yelim o`ng
yuzaga
o`tmaydi va uning ko`rinishini buzmaydi. Yelim tarkiblar bilan ishlov
berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, namlanishda shakli
buzilmaydi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari texnologiya fani darslarida
gazlamalarni yelimlash hamda gazlamadan detallarni qog`oz va
kartonga
yopishtirish
xususiyatlari
to`g`risida
dastlabki
tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba‘zi o`quv
buyumlarni tayyorlashda
o`quvchilar gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtiradilar,
masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va joylashtirish, gazlamadan
298
applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g`irchoq
teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda.
Bu amaliy masalalarni o`quvchilar
ongli hal etishlari, ularga
kerakli ahamiyat berishlari uchun ular gazlamadan detallarni boshqa
materiallarga yelimlash jarayonida nima ro`y
berishini aniq tasavvur
etishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: