Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni



Yüklə 37,05 Kb.
tarix02.03.2023
ölçüsü37,05 Kb.
#86163
2 5447659831605339185


Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni.
Oilada axloqiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy axloqsizlik, odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko’ngli qoralik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg’onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko’rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun ma’sul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartibintizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biridir.
Oila tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi.
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarur shartlaridan biri.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri yuritish ularni vaqtdan to’g’ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir.
Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.



Yüklə 37,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin