296
o`tkazilishidan bir hafta oldin o`quvchilarga uning mavzusini e‘lon
qilish,
uning
maqsadlarini
tushuntirib,
o`quvchilarga
unga
tayyorlanishni topshirish foydalidir.
O`qituvchi tomonidan suhbat jarayonida qo`yiluvchi
asosiy
masalalarni aytish va o`quvchilarga o`z savollarini tayyorlashni
topshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Maktab yoki shahar bolalar
kutubxonasidan gazlamalar,
ularning ishlab chiqarilishi, turmush va
texnikada foydalinishi to`g`risida hikoya qilinuvchi kitoblarni olishni
maslahat berish mumkin.
Masalan, uchinchi sinf o`quvchilariga suhbat uchun materiallarni
to`plashning yana bir yo`lini tavsiya qilish mumkin –
uyda kattalar
bilan suhbatlashish, ular yordamida gazlamalardan foydalanishning
qiziqarli hollarini yaqqol ko`rsatuvchi
materiallar va gazlama
namunalarini tayyorlash. O`quvchilardan birontasi sinfga fazogirlar
suratini olib kelib, insonning fazoga
uchishi uchun skafandrlar
gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishi mumkin. Boshqasi
parashyutchi suratini ko`rsatib, parashyut ipak gazlamadan tikilishini
aytadi.
Uchinchi o`quvchi esa o`rtoqlariga bir parcha sun`iy
charm yoki
mo`ynani ko`rsatib, bu matolar asosini gazlama tashkil etishini
isbotlab beradi. Ota-onasi bayroqlar suratini ko`rsatib, ular ham
gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishni maslahat bergan bola ham
topiladi.
Tekstolit (plastmassa) – asosi
maxsus smola bilan shimdirilib,
ko`p qatlamdan tuzilgan va yuqori haroratda presslangan gazlamadan
iborat plastik massadan kichik detal – shesterenkaning ko`rsatilishi
o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi.
Dostları ilə paylaş: