258
Bu
o`yinchoqlarni
tayyorlashda
o`quvchilar
somonning
texnologik xususiyatlarini o`rganadilar. Ular somonni bog`larga
bog`lash, o`rash, pichoq va qaychi bilan
kesish mumkinligini bilib
oladilar. O`yinchoqqa yakunlangan ko`rinish berish uchun somonga
boshqa materiallar, masalan,
rangli iplar, gazlama bo`laklari va
hokazo qo`shishi mumkin.
Tekislangan somonchadan applikatsiyalar tayyorlashda uchinchi
sinf o`quvchilari qator kuzatish va tajribalarni o`tkazadilar.
O`quvchilar somonchalarni barglardan tozalaydilar, tugunoralarini
kesib
oladilar, eng yaxshi bo`laklarni tanlab oladilar, ularni qaynoq
suvda
damlaydilar,
ikkiga
bo`ladilar,
ochib,
dazmol
bilan
tekislaydilar. Bunda o`quvchilar qaynoq suvda damlangan va kesilgan
somoncha
dazmol bilan oson tekislanishi, tor yassi tasmachaga
aylanishini aniqlaydilar.
14-rasm. Somondan applikatsiya
Tekislash jarayonida to`rtinchi sinf o`quvchilari dazmol
isitilishiga va ishlov berish vaqtiga qarab somonchaga turli tus – och-
sariq, sariq,
och-jigar rang, to`q jigar rang – berish mumkin degan
xulosaga keladilar. Rasmlarni somoncha bilan yelimlab chiqishdagi
amaliy ishda kuzatishlar bevosita davom ettiriladi (14-rasm).
Detalni
kesib, yopishtirishdan oldin o`quvchi shunday somonchani tanlaydiki,
u o`z fakturasi, shakli va rangi bilan o`ylangan kompozitsiya g`oyasini
259
muvaffaqiyatliroq ifodalasin. Tajribalar jarayonida o`quvchilar
somondan applikatsiyalarni qog`oz, karton, yog`ochdan fon ustida
bajarish mumkinligini bilib oladilar. Biroq fon uchun eng yaxshi
material ko`p qatlamli qayin fanera yoki yupqa qayin taxtadir.
Applikatsiyani ustidan duradgorlik yelimi qatlami qoplangan to`q
fonda bajarish qulayroq. Bu holda somondan detallar bir oz ho`llab,
qaychi uchi bilan bosishda planshet yuzasiga mustahkam yopishadi.
Applikatsiyalarni yopishtirishdan keyin o`quvchilarga
somondan
applikatsiyalar boshqa materiallarga nisbatan (masalan, qog`ozdan
applikatsiya) vaqtda qancha saqlanishini kuzatish topshirig`i beriladi.
O`quvchilar qog`ozdan tayyorlangan applikatsiyalar vaqt o`tishi bilan
rangi o`chishi, o`zining boshlang`ich bo`yoqlarini yo`qotishi,
somondan applikatsiyalar esa o`zgarmay qolishini aniqlaydilar.
Dostları ilə paylaş: