253
nam shoxlardan po`stloq
osonroq olinishi, yog`ochni tolalar bo`ylab
yo`nish osonligiga ishonch hosil qiladilar.
O`quvchilar amaliy ishlar uchun turli shoxlarni tanlab,
ulardan
turli figurachalar yasaydilar (9-rasm). Masalan, bolalar butun shoxdan
yugurayotgan odamchani eslatuvchi figurachalar kesadilar; turli shakl
va qalinlikdagi shoxlardan turna, kiyik figurachalarini
hosil qiladilar,
yong`oq va patlar qo`shib raqqosa figurachasini yasaydilar.
9-rasm. Mayda shoxlardan o`yinchoqlar namunasi
O`quvchilar to`g`ri shoxlarni kuzatish va tajribalar o`tkazib, ular
ajoyib qurilish materiali degan xulosaga keladilar. Ulardan o`yinchoq
uycha, sol yasash mumkin. Bunda ikkinchi sinf o`quvchilari detallarni
mustahkamlashning ratsional usullarini (masalan, loy, plastilin, yelim,
iplar va hokazo yodamida) aniqlaydilar.
Oxirida o`quvchilar nam majnuntol shoxlarini kuzatish va sinab
ko`rish ishlarini amalga oshiradilar. Ular
nam majnuntol shoxchalari
juda egiluvchanligini aniqlaydilar. Ulardan turli o`yinchoqlarni o`rab
yasash mumkin.
Dostları ilə paylaş: