249
Kuzda III sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligi ostida qayin,
dub, terak, o`rik, sosna daraxtlari barglarini to`playdilar. Ularni
botanik presslarda quritadilar. Quritishda barglar o`rtasida 8-10 qavat
gazeta qog`ozi yotqizadilar. Yetarlicha
quritilmagan va qiyshaygan
barglarni issiq dazmol bilan taxta ustida tekislaydilar.
Amaliy ishdan oldin birinchi sinf o`quvchilariga quritilgan
barglarni diqqat bilan qarab chiqib,
savollarga javob berish
topshirig`ini beradi: quritilgan barglar oxirigacha quritilmagan
barglardan qanday farq qiladi? Nima uchun panno tayyorlash uchun
yaxshi quritilgan barglar olinadi? Quritilgan
barglar rangi qanday
bo`ladi? Nima uchun quritishda barglar orasiga bir necha gazeta
qog`oz qatlami qo`yiladi? Botanik papkada quritish va issiq dazmol
bilan dazmollashda barglar nima bo`ladi?
Keyin o`quvchilar
quritilgan barglarni iplar, qog`oz yo`llar va
yelimlar yordamida qalin qog`ozga o`rnash ishini bajaradilar (5-
rasm). O`quvchilar to`plamlarda barglarni iplar va qog`oz yordamida
joylashtirish qulayligiga ishonch hosil qiladilar. Papkada barglarni tez
quriydigan BF-2 va PVA yelimlari yordamida yopishtirish qulay.
O`qituvchi unchalik qurimagan dub barglarini o`rtasidan bukishni
topshiradi. Bu tajriba natijasida o`quvchilar bargning ikkala yarmi
mos kelishini aniqlaydilar.
5-rasm. Daraxt barglari gerbariy namunalarini o`rnatish
250
Ikkinchi sinf o`quvchilari barglar va ular o`rnatilayotgan fon
ranglarining uyg`unligini kuzatadilar.
Bir rangli barglarni turli
fonlarga joylashtirib, bolalar barglar turlicha ko`rinish olishini
aniqlaydilar. O`qituvchi turli daraxt yog`ochlari
namunalarini
ko`rsatib bu yog`och turlari bir-biridan rangi va mustahkamligi bilan
farq qilinishini ko`rsatadi. Osina yog`ochi oq, archa – och-sariq, dub –
och jigar rangda bo`ladi. Ulardan eng yumshoq va mustahkam
bo`lmagani osina yog`ochi, eng qattiq va mustahkami – dub
yog`ochidir. O`qituvchi to`plamdan osina,
archa va dub barglarini
topishni taklif qiladi.
Keyingi ko`rsatish tajribalarida o`qituvchi bolalarni yog`och
materiallar yonuvchanligi bilan tanishtiradi. O`qituvchi yondirilgan
gugurt cho`pini quruq loy bo`lagi va yupqa quruq yog`och parchasiga
navbat bilan yaqinlashtiradi. Ikkinchi sinf o`quvchilari tajribani diqqat
bilan kuzatib, loy yonmaydigan, yog`och esa yonuvchi material degan
xulosaga
keladilar.
Bolalarning
kuzatishlarini
umumlashtirib,
o`qituvchi gugurt cho`plari yumshoq, tez yonuvchi osina yog`ochidan
tayyorlanishini aytadi.
Ish turli barglardan panno tayyorlash bilan yakunlanadi. Qayin va
osina barglaridan birinchi sinf o`quvchilari yo`lda ko`k fonda, ryabina
va dub barglaridan kvadratda yashil fonda, dub va tol barglaridan qizil
fonda aylana ichida panno tayyorlaydilar (6-rasm).
Panno tayyorlashda o`quvchilar tajribalar jarayonida ranglar va
material joylashuvining eng uyg`un holatlarini topadilar.
6-rasm. Yo`l, kvadrat va aylanada barglardan panno tayyorlash