Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə20/22
tarix23.11.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#69997
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari

Kreativlikning rivojlanish davri – ma’lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.
Kreativlikning rivojlanish bosqichi muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
Shunga ko’ra ma’lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
Kreativ tafakkurga ega bo’lajak pedagoglar: boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; ba’zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; muammoning echimini topishda noan’anaviy yondashuvni tanlaydi.

  • Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:

  • Ijodiy yo’nalganlik;

  • Mantiqiy fikrlash qobiliyati;

  • Eruditsiya (bilag’onlik);

  • Boy tasavvurga egalik;

  • Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik;

  • O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish;

  • Refleksiya qobiliyati;

  • Hissiyotga boylik;

  • Tavakkal qila olish qobiliyati;

  • Tafakkur tezligiga egalik;

  • Ichki sezgining rivojlanganligi;

  • O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati;

  • Innovatsion qobiliyatga egalik;

  • Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik;

  • Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.


Umumiy xulosa:
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. “create – yaratish, “creative yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o’ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog’liqliklarni yaratishdir.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikrlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkin.
O’qituvchining kreativligi, bu uning qat’iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g’oyalarni izlab topish laoyiqatidir.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik ko’nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin:


  1. Yüklə 178,64 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin