Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə1/22
tarix23.11.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#69997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


PEDAGOGIKA KAFEDRASI

BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI


SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH YO’LLARI”
mavzusidagi


BITIRUV MALAKAVIY ISHI


Bajardi: Pedagogika psixologiya ta’lim yo’nalishi talabasi
Z.H.Salomova
__________________________


Ilmiy rahbar:
G.V.Izbullayeva
__________________________
Bitiruv malakaviy ishi kafedradan dastlabki himoyadan o’tdi.
_____ sonli bayonnomasi «_____» _____________ 2017yil
Buxoro 2017

KIRISH

I BOB. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI


    1. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari

    2. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar

    3. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari

I bob bo’yicha xulosa
II BOB. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI

    1. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari

    2. Talabalarda kreativ ko’nikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyati

    3. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning samarali yo’llari

II bob bo’yicha xulosa
UMUMIY XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
ILOVALAR


KIRISH


Tadqiqot mavzusining dolzarbligi: Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, bo’lajak pedagoglarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o’zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi.
Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.

Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin