Tabaqalashtirish (lot. “diferentia” – “farqlanish”, “darajalanish”) – butunning turli bosqich yoki darajalarga ajratilishi.
Davrlashtirish (yunon. “peridos” – “doira bo’ylab aylanish”) – muayyan hodisaning qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan vaqt birliklariga ajratilishi
Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak:
Kreativlikningrivojlanishdavri – ma’lum kreativlik sifatlarining rivojlanishi yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi.
Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi
Shunga ko’ra ma’lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari, ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi.
Kreativ tafakkurga ega bo’lajak pedagoglar: boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; ba’zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; muammoning echimini topishda noan’anaviy yondashuvni tanlaydi.
Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi:
Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi.
Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bo’lishlari zarur: