Maqsadli-motivliyondashuv (ijodiy faoliyat qadriyat sanaladi va u pedagogning qiziqishlari, motivlari, faoliyatni tashkil etishga intilishida ko’zga tashlanadi);
Mazmunliyondashuv (o’zida pedagogik, psixologik, maxsus va innovatsion xarakterdagi BKMni aks ettiradi);
Tezkor-faoliyatliyondashuv (o’zida ma’lum fikriy-mantiqiy fikrlashga doir harakatlar, shuningdek, amaliy (maxsus, texnik, texnologik) faoliyat usullarini ifodalaydi);
Refleksiv-baholash(bunda shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, o’z-o’zini tahlil qilish va o’z-o’zini baholash ko’zga tashlanadi);
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi. Natijada pedagog:
ijodiy fikrlashga odatlanadi;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko’nikmalarini puxta o’zlashtiradi;
pedagogika yoki mutaxassislik fani yutuqlari hamda ilg’or tajribalardan foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi;
- pedagogik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy loyihalarni bajarishda faol ishtirok etadi
Pedagoglarningkreativliginiifodalovchibelgilarvatamoyillar.
Bo’lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga o’rgatish, ularda kreativ tafakkurni shakllantira olish uchun avvalo o’qituvchining o’zi kreativ, ijodkor shaxs bo’lishi zarur. Bordi-yu, uning o’zi kreativlik sifatlariga ega bo’lmasa, u holda qanday qilib, bo’lajak pedagoglarni kreativ fikrlashga rag’batlantira oladi. Chiqariladigan yagona xulosa quyidagicha: o’qituvchining o’zi kreativ, ijodkor bo’lsagina, bo’lajak pedagoglar ham shunday bo’la oladi.
O’qituvchining ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishga intilishi zarur. Darslarda o’qituvchi “kreativlik yo’l xaritasi”ga ko’ra quyidagi 4 ta yo’nalish bo’yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau) sanaladi: ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyon etish; bo’lajak pedagoglarni o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishga rag’batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish; innovatsion yondashuv va pedagogik masalalarning echimini topishga kreativ yondashish; kutiladigan natija.
Pedagogning kreativlik potentsiali ko’p darajali jarayon va u quyidagi tamoyillarga tayanadi (1-rasm):