Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


II BOB. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI



Yüklə 178,64 Kb.
səhifə6/22
tarix23.11.2022
ölçüsü178,64 Kb.
#69997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bolajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yollari

II BOB. BO’LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.

    1. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari.

Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi?
Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:

  1. ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash;

  2. bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;

  3. bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;

  4. bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish

Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo’lish uchun bo’lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o’rganish asosida quyidagi ko’nikma, malakalarni o’zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g’oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariy g’oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogik faktlarni bilish; ta’lim va tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash.
Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o’zida quyidagi belgilarni namoyon qiladi:

  1. savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz bo’lmaslik;

  2. muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning echimini topishga intilish.

Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir (3-rasm):






Yüklə 178,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin