Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-1pps 12- guruh talabasi mansurova maftunaning qiyosiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Yüklə 46 Kb.
səhifə3/3
tarix04.09.2023
ölçüsü46 Kb.
#141496
1   2   3
Afrika davlatlarida ta\'lim tizimi

3.Qadimgi Misrda maorif va maktab. Qadimgi Misr murakkab davlat tizimiga va keng miqyosli xo`jalikka ega bo`lgan mamlakat boigan. Misr davlati va xo`jaligini boshqarish uchun xat-savodli, bilimdon kishilar zarur bo`lgan. Shu tufayli Misr fir`avnlari va a`yonlari xat-savodli va bilimdon xodimlar tayyorlashga alohida ahamiyat berganlar. Misrda o`qitish, ta`lim-tarbiya berish maskani maktablar edi. Mamlakatning hamma shaharlari va yirik qishloqlarida maktablar bor edi. Maktablarda fir`avnlar, a`yonlar, amaldorlar, ruhoniylarning bolalari va o`qishga havaslari bo`lgan kishilarning farzandlari ham o`qiganlar.
Misrda boshlang`ich, o`rta va oliy maktablar bo`lgan. Boshlang`ich maktablarga bolalar 5–6 yoshdan jalb etilib, harflar o`rgatilib, savodi chiqarilgan. Bolalar maktabda husnixat bilan shug`ullanib, ular har kuni 3 sahifa yozishlari kerak bo`lgan. Misrdagi o`rta va oliy maktablarning ko`pchiligi mirzolar tayyorlab chiqarganlar. Uni «Mirzolar maktabi» ham deyishgan.
Misr fir`avnlarining markaziy mahkamasi qoshfda podsho xazinasi uchun maxsus amaldor mirzolar tayyorlaydigan maktablar ham bo`lgan. Bu maktablar katta tajribaga ega bo`lgan bilimli ustoz – o`qituvchilar bilan ta`minlangan bo`lgan. Maktablarda matematika, geometriya, astronomiya, tarix, tibbiyot, adabiyot kabi dunyoviy va diniy bilimlar o`qitilgan.
Misr maktablarida intizom juda qattiq bo`lib, u tan jazosi bilan mustahkamlangan. O`sha vaqtda yozilgan «Nasihatlar»da: «Ey mirza, dangasalik qilma, yo`qsa jazoga duchor bo`lasan. Qo`lingda kitob bo`lsin, ovoz chiqarib o`qigin va o`zingdan ko`p biladiganlar bilan maslahat qilib ish tut. Bir kun ham yalqovlik qilma yo`qsa kaltak eysan. Axir bolaning qulog`i yelkasida bo`ladi-da, qachon ursang, shunda uning qulog`iga gap kiradi», – deb yozilgan.
Misrda yozuv, ilmiy, amaliy va diniy bilimlarning vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakat xo`jaligi bilan chambarchas bbg`liq bo`lgan.
Misrda vujudga kelgan ilmiy-amaliy bilimlar xo`jalikning hamma tarmoqlarini rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.


Adabiyotlar ro’yxati:

1. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1 tom. Toshkent, “O’zbekiston”, 1996.
2. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998.
3. Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b.tahr. ostida. Toshkent, “SHarq”, 1999.
4. Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996.
5. Tursunov I. va boshqalar. Pedagogika kursi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1997.
6. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Toshkent, “O’qituvchi”, 2001.
Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin