Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-1pps 12- guruh talabasi mansurova maftunaning qiyosiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Yüklə 46 Kb.
səhifə1/3
tarix04.09.2023
ölçüsü46 Kb.
#141496
  1   2   3
Afrika davlatlarida ta\'lim tizimi


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI
VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 4-1PPS 12- GURUH TALABASI
MANSUROVA MAFTUNANING QIYOSIY PEDAGOGIKA FANIDAN TAYYORLAGAN



Bajardi: Mansurova Maftuna
Tekshirdi: Qurbonova O’.

BUXORO-2014


Mavzu: Afrika davlatlari ta’lim tizimi va qiyosiy tahlili.
Reja:
1.Jazoir va Kongo ta’lim tizimi.
2.(JAR) Janubiy Afrika Respublikasi ta’lim tizimi.
3.Qadimgi Misrda ta’lim tizimi.
4.Xulosa


1. Jazoir va Kongo davlatlari ta’lim tizimi.
Jazoir maorifi, madaniy-ma'rifiy va ilmiy muassasalari.

Jazoir mustaqilikka erishgach, maorif sohasida katta yutuqlarga erishildi. 7 ta universitet, 170 ta boshqa oliy o'quv yurtlari, 700 ta hunar-texnika ta'limi markazlari bor. Mamlakatdagi umumta'lim maktablarida 260 mingdan ortiq o'quvchi, oliy o'quv yurtlarida 200 ming talaba ta'lim oladi. Eng yirik kutubxonasi- Jazoir shahridagi milliy kutubxona (1 mln.ga yaqin asar). Yirik muzeylari-Jazoir milliy muzeyi (1930), Antik dunyo yodgorliklari milliy muzeyi (1897) va b. Asosiy ilmiy muassasalari Jazoirdagi Yadro tadqiqot instituti (1966), Okeanografiya instituti, Astronomiya, astrofizika va meteorologiya rasadxonasi, Biokimyo instituti mavjud.

Kongo davlatining maorifi, ilmiy va madaniy-ma`rifiy muassasalari:
Kongoda 1968 yildan 6 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun boshlang`ich va o`rta ta`limning 1-pog`onasi bepul. Darslar fransuz tilida; boshlang`ich maktabda mahalliy tillardan foydalaniladi. Boshlang`ich maktab — 6 y.lik, o`rta maktab — 6 y.lik. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Kongoda 19 davlat, 70 xususiy texnikum, 14 ped. bilim yurti bo`lib, ularda o`qish muddati — 3—4 y. Oliy o`quv yurtlari: Kinshasa universiteti (1954), Kisangani universiteti (1963), Lubumbashi universiteti (1955), Nafis san`at akademiyasi, Yangambidagi agronomiya fanlari instituti va Kinshasadagi ped. instituti, shuningdek, ayrim texnikumlarning 5 y. o`qitiladigan ba`zi fakultetlari ham oliy ma`lumot beradi. Ilmiy muassasalari: Kinshasada — Markaziy Afrika ilmiy tadqiqot instituti (1975), Tropik tibbiyot instituti (1899), Kongo geogr. instituti (1949), Atom energiyasi markaziy komissarligi (1959), geol. tadqiqotlari byurosi, Lubumbashida K. tarix jamiyati (1974) bor. Kutubxonalari: Kinshasa milliy universitetining markaziy kutubxonasi (1954), Lumumbashi universitetining kutubxonasi (1955), Kisangani universitetining kutubxonasi, Kinshasadagi xalq kutubxonasi (1932), Kinshasadagi arxiv (1949).
Matbuoti, radioeshittirishi va teleko`rsatuvi. K.da 50 dan ortiq gaz. va jur. nashr etiladi. Eng muhimlari: "Boyoma" (kundalik gaz.), "Mjumbe" (kundalik gaz., 1963 y.dan), "Potansye" ("Imkoniyat", fransuz tilidagi kundalik gaz., 1982 y.dan), "Elima" (fransuz tilidagi kundalik gaz., 1928 y.dan) va b. K. matbuot agentligi hukumat axborot mahkamasi bo`lib, 1957 y. tashqil etilgan. Radio va televideniye hukumatga karashli. Yirik shaharlarda 9 radiost-ya va poytaxtda telest-ya bor.
Adabiyoti fransuz tilida va mahalliy luba, lingala, kikongo va b. tillarda rivojlanib borayotir. K. xalqi qad. va boy folklor an`analariga ega. Xalq og`zaki ijodi namunalarini yozib olish va nashr etish 19-a. oxiridan boshlandi. Belgiyalik da`vatkorlar xristian dinini targ`ib qilish maqsadida mahalliy tillarda gaz. va maktablar uchun darsliklar nashr etdi. Bu milliy adabiyotning shakllanishiga yordam berdi. Yosh K. adabiyoti, asosan, mustamlakachilar va cherkov nazorati ostida rivojlandi. Ayrim yozuvchilargina milliy mustakillik uchun kurashga chorlovchi asarlar yarata oldi (P. Kabongo she`rlari va A. R. Bolambaning "Qora ayolning evolyusiyasi masalasi" asarlari va b.). 1920—50 y.lar K. adabiyotida diniy she`riyat katta o`rin tutdi. Bu adabiyotning ayrim vakillari (A. Isambu, O. Ngongo) mustamlakachilikni fosh etuvchi asarlar yozdi.


Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin