Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-1pps 12- guruh talabasi mansurova maftunaning qiyosiy pedagogika fanidan tayyorlagan



Yüklə 46 Kb.
səhifə2/3
tarix04.09.2023
ölçüsü46 Kb.
#141496
1   2   3
Afrika davlatlarida ta\'lim tizimi

2.Davlat tuzumi. JAR — federalizm nishonalari bo`lgan unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo`stlik tarkibiga kiradi. 1997 y. 4 fevraldan kuchga kirgan konstitutsiya amal qiladi.

Maorifi, madaniy-ma`rifiy va ilmiy muassasalari. Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-a. o`rtalarigacha) afrikalik yoshlarga ta`lim berish an`anaviy afrikacha yo`ldan borgan: keksalar yosh avlodga turmush ko`nikmalari va hayot falsafasini o`rgatar edi. Yevropaliklarning dastlabki manzilgoxlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruxoniysidan diniy kitob o`qishni o`rganardi. So`ng "sayyoh o`qituvchilar" paydo bo`ldi. Xristian dini targ`ibotchilari (missionerlar) 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining aloxida-alohida o`qishini joriy etdilar. Aparteid tugatilguncha maorif qat`iy irqiy tamoyilga asoslangan va oq tanlilar, qora tanlilar, bantular, indlarning farzandlari turli maktablarda, har xil dastur asosida o`qitib kelindi, ulardagi ta`lim darajasi, moddiy sharoit bir-biridan mutlaqo farq qilar edi. Aparteidga barham berilgandan so`ng maorif sohasida ham ayirmachilikni tugatish choralari ko`rildi. 1995 - 1996 o`quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablag`, ya`ni davlat byudjetining 21,2% sarflandi. Jami o`quvchilar 9,3 mln. kishiga yetdi. Boshlang`ich maktab o`qituvchilari kollejlarda, o`rta maktab o`qituvchilari 17 unt va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlar: Pretoriya, Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun untlari. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 y.da tashkil etilgan), Keyptaundagi shahar (1952), Parlament (1857), Jan. Afrika ommaviy (1818) kutubxonalari, Keyptaun universitetining kutubxonasi (1829). Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi Milliy muzey, Jan. Afrika tabiat tarixi muzeyi, Jan. Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya.
Ilmiy ishlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish davlat markazi — Ilmiy va sanoat tadqiqrtlar kengashi 1945 y.da tashkil etilgan. Uning qaramog`ida elektrotexnika, mat., o`rmonchilik va b. institutlar, Kosmik nurlarni tadqiq qilish birlashmasi, bir qanchalab., rasadxona va ilmiy stansiyalar bor. Atom energiyasi komissiyasi (1948 y.da tuzilgan), JAR ilmiy va texnikaviy jamiyatlari uyushmasi (1920), Jan. Afrika fan va san`at akademiyasi (1909), Ijtimoiy tadqiqotlar kengashi (1969), Jan. Afrika qirollik jamiyati (1877) va b. eng yirik ilmiy tashkilotlardir.
Matbuoti, radio eshittirishi va teleko`rsatuvi. JARda 20 dan ko`proq umummilliy (hammasi bo`lib 220 dan ziyod) gaz. va 700 ga yaqin jur. nashr etiladi. Eng yirik gaz.lari: "Sandi tayme" ("Yakshanba vaqti", 1906 y.dan), "Rapport" (1970 y.dan), "Souetan" ("Souetoliklar", 1981 y.dan), "Star" ("Yulduz", 1887 y.dan). Jan. Afrika radioeshittirish korporatsiyasi 1936 y.da tashkil etilgan. Teleko`rsatuvlar 1976 y.dan olib boriladi. Jan. Afrika matbuot uyushmasi (Saut Afriken Press Assoshieyshn — SAPA) aksiyadorlik axborot agentligi 1938 y. tashkil etilgan.
Adabiyoti bantu xalqlari (zulu, soto, kosa, tsvana), shuningdek, ingliz va afrikaans tillarida rivojlanmoqda. Folklori ilk mustamlakachilik davrida vujudga kelgan qahramonlik dostonlarini, afsonalarni, zulu afsona ertaklarini, jonivorlar haqidagi bushmen va gottentot rivoyatlarini, hikmatli maqollar va matallarini o`z ichiga oladi. Afrikaliklarning yozma adabiyoti 19-a.
ning 2-yarmida mahalliy tillarda lotin grafikasi asosidagi alifbo joriy etilishi bilan boshlandi.



Yüklə 46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin