Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Etnopsixologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan metodlar



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə20/54
tarix30.08.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#140999
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
IJTIMOIY VA TADBIQIY PSIXOLOGIYA 2021-2022 (2)

Etnopsixologik tadqiqotlarda qo`llaniladigan metodlar

Etnopsixologik tadqiqotlarda xilma-xil uslub va metodlar qo`llaniladi. Chunki bunday tadqiqotlarda shaxs xususiyatlarini o`rganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentlarning turlicha ko`rinishlari, so`roq metodlari — anketa, intervyu, sotsiometriya, shakl metodlari va boshqalar ishlatiladi. Bu metodlar hozirgi kunlarda ham ''madaniy muhit va shaxs", guruhlararo munosabatlar hamda boshqa tadqiqotlarda qo`llanilmokda. Bunday ishlarni faqatgina ijtimoiy psixologlar emas, balki umuman psixologiya bilan shug`ullanuvchi olimlar ham o`tkazmokdalar. Lekin shunday bo`lishiga qaramay, etnopsixologik metodlarni hammaga ham birday qo`llash to`g`ri kelmasligi tufayli ularning tanqisligi sezilarlidir. Chunki etnopsixologiya muammosi bilan shug`ullanishni maqsad qilib qo`ygan har bir tadqiqotchi yo mavjud metodikalardan birini qayta o`zgartirishga, yoki bo`lmasa, o`zicha yangi metodni kashf qilishga majbur bo`lmokda. Nihoyat, etnopsixologik metodlarni qo`llashning noqulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar to`plangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman hech narsani o`lchamasligi mumkin. Shuning uchun ham hozirda butun jahon olimlari har qanday madaniy muhitdan ham yuqori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi haqida umumiy fikr bildirmoqdalar. Etnopsixologik tadqiqotlar o`tkazishni maqsad qilib qo`ygan har qanday tadqiqotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muhit sharoitlarining xilma-xilliga va ularning o`zaro bir-birlariga ta’sir ko`rsatishini inobatga olmog`i zarur. Bu narsa etnopsixologik tadqiqot dasturini tuzishda albatta, hisobga olinishi kerak Misol uchun, O`zbekiston sharoitida tadqiqot o`tkazilmoqchi bo`linsa, quyidagi narsalarga e’tiborni qaratish lozim: bu sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bo`lgan umumiy psixologik omillar va ularni aniqlash usullari; faqat o`zbek millatiga xos bo`lgan psixologik sifatlar va omillarni aniqlash; aniqlangan omillarni yoki psixologik sifatlarnn o`lchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash; tadqiqotchilar guruhini tekshirilayotgan milliy guruh tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. Chunki, tadqiqot ob’ekti hisoblangan guruhda o`sha guruh tilida tadqiqot o`tkazish kerak, bu orqali esa tekshiriluvchilarga qo`yilgan har bir talab, savol va topshiriqlar ular uchun tushunarli bo`lishi ta’minlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy guruh psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga qaratilgan maxsus metodlar yo`q, shuning uchun ham tadqiqotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslashtirish zaruratini tug`diradi va buning uchun zarurat bo`lsa bu metodlarni u tildan bu tilga tarjima qilish ham kerakdir. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, so`roqlar, shkalalar savollarini) tarjima qilish tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab qiladi. Aks holda, metodika o`z qimmatini yo`qotishi yoki kerakli sifatni aniqlamasligi yoki o`lchamasligi mumkin. Hattoki, noverbal (og`zaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda qo`llab, olingan ma’lumotlarni sharhlash bosqichida uning mazmuni yoki maqsadi o`zgarganligi ko`plab tadqiqotlarda isbotlangan. Shuning uchun ham har qanday metodik uslubni qo`llashdan oldin uni kichikroq guruh doirasida sinab ko`rish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshqa yordamchi metodlar yordamida qayta sinovdan o`tkazish yo`li bilan tekshirib olish maqsadga muvofiqdir. Konkret etnopsixologik tadqiqotlarga qo`yiladigan yana bir talab — tadqiqotni tabiiy sharoitlarda, tekshiriluvchilar uchun tanish bo`lgan joylarda qisqa ko`rsatmalar berish yo`li bilan o`tkazishdir. Chunki etnopsixologik tadqiqotlarda ko`pincha turli yosh, kasb va ma’lumotga ega bo`lgan shaxslar ishtirok etadilar. Shuning uchun ham ularning barchasi uchun tushunarli, aniq topshiriqlar tizimini tuza olish ham psixologdan qator professional malakalarni talab qiladi. Metodik uslublar milliy psixologiyani o`rganishda millatning ko`p qirralarini, psixologik holatini aniqlashga imkon beradi. Bu esa tadqiqotchining uslubiy tayyorgarlik darajasiga bog`liqdir.

Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin