Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


-Mavzu: Guruhlararo munosabatlar (4 soat)



Yüklə 3,6 Mb.
səhifə21/54
tarix30.08.2023
ölçüsü3,6 Mb.
#140999
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
IJTIMOIY VA TADBIQIY PSIXOLOGIYA 2021-2022 (2)

9-Mavzu: Guruhlararo munosabatlar (4 soat).

  1. Guruhlararo munosabatlar psixologiyasi sotsial psixologiyasiga nisbatan yangi soha.

  2. Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o‘rganilishi. Guruhlararo o‘zaro ta'sirini guruhdagi ichki jarayonlarga ta'siri.

  3. Katta sotsial guruhlar darajasida guruhlararo jarayon spesifikasi. Guruhlararo munosabatlar psixologiyasining amaliy muammolari.



Muloqot psixologiya fanining eng muhim tushunchalaridan biridir. Ijtimoiy psixologiyada esa muloqot muhim o’rinlardan birini egallaydi. Muloqot "faoliyat" tushunchasi bilan uzviy bog’langan. Muloqot faoliyat turlaridan biri sifatida qaraladi. Muloqot birgalikdagi faoliyatga bo’lgan ehtiyojlar tufayli tug’iluvchi jarayondir. A.V. Petrovskiy ta`biri bilan aytganda, muloqot - birgalikdagi faoliyat ehtiyojlari natijasida vujudga keluvchi, kishilar o’rtasida aloca o’rnatish va rivojlantirishning ko’p cirrali jarayonidir. Biroq muloqot faqat birgalikdagi faoliyatga ehtiyoj tufayli tug’iluvchi jarayon emas, balki u shahslararo o’zaro ta`sir jarayoni hamdir. Muloqotning to’zilishini kognitiv - ahborot, boshqaruvchanlik, affektiv - empatiya, ijtimoiy - perceptiv tomonlar tashkil etadi. Har qanday faoliyat ham ijtimoiy tabiatga ega va kishilar o’rtasida turlicha taqsimlangan. Shu sabab faoliyatni tashkil etish uchun kishilar o’rtasida muloqot bo’lishi talab qilinadi. Aynan kattalar bilan bo’ladigan muloqot tufayligina bola ijtimoiy -tarihiy tajribani o’zlashtiradi. Muloqot kishilarning har qanday o’zaro ta`siri emas, balki shunday o’zaro ta`sirki, bu jarayonda uning har bir qatnashchisi faol bo’lib, sub`ekt sifatida, shahs sifatida namoyon bo’ladi. Muloqot insonning o’ziga hos ehtiyojini, boshqa zaruriyatlar oziq -ovqatga, issiqlikka, taassurotlarga, faollikka, havfsizlikka intilish kabi ehtiyojlardan farqlanuvchi ehtiyojni qondirishga qaratilgan. Namoyon bo’lgan ehtiyoj o’zini va boshqa kishilarni shahs sifatida anglashga, ya`ni boshqa kishilarga va o’z - o’ziga baho berishga qaratilishida ifodalanadi. Shuning uchun bunda ohirgi psixologik mahsulot - boshqa kishining va o’zining obrazi bo’lib, shu tufayli inson faoliyatini boshqaradi. Shunday qilib, muloqot kishilar o’rtasidagi o’zaro ta`sirning muhim shakli bo’lib hisoblanadi. Muloqot-bu kishilar o’rtasidagi aloqa. Bu aloqa natijasida bir kishining boshqa bir kishiga ta`sir etishi amalga oshiriladi. Muloqot yordamida kishilar turli hil faoliyatni tashkil etadilar, ahborot almashinadilar, o’zaro bir-birini tushunishga erishadilar.Birgalikdagi faoliyat muloqot bo’lishini talab etadi. Aynan birgalikdagi faoliyatda inson boshqa kishilar bilan o’zaro ta`sirga kirishadi, ular bilan turli - tuman aloqalar o’rnatadi, zarur natijaga erishish uchun birgalikda harakatlar qiladi. Bu erda muloqot faoliyatning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi.Faoliyatning barcha turlarida muloqot uni rejalashtirishni, amalga oshirish va nazorat qilishni ta`minlaydi. Muloqot shahsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Muloqociz shahsning tarkib topishi, shakllanishi mumkin emas. Aynan muloqot jarayonida tajriba o’zlashtiriladi, bilimlar to’planadi, amaliy ko’nikma va malakalar shakllanadi, e`tiqod va qarashlarga erishiladi. Faqat muloqot jarayonidagina ma`naviy ehtiyojlar, ahloqiy, siyosiy va estetik hislar tarkib topadi, harakter shakllanadi.Muloqotning maqsadi va uning qay darajada amalga oshirilishiga ko’ra samaradorligi haqida fikr bildirish mumkin. Ya`ni muloqot ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning qondirilishi, muammo echimi bilan bog’liq vazifalarning bajarishiga asoslanib, muloqotning samarali yoki samarasizligi to’g’risida hulosa chiqarsa bo’ladi. Shahslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o’zaro munosabatlar samarali va foydali hisoblanadi. Muomalaga kirishuvchi tomonlarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib keluvchi yo’l yoki marom o’z navbatida o’sha shahslarning o’zaro bir-birlarini mavqe bo’yicha bilishni ta`minlaydi. Muloqotning psixologik tizimidan shu narsa ma`lumki, uning uch asosiy qi.smi, ya`ni muomala sub`ektlarining o’zaro bir-birlari bilan ahborot, hissiy kechinmalar va fikr almashinuvipi ta`minlovchi kommunikativ, o’zaro bir-birlarining hulq -atvorlariga ta`sirlarini belgilovchi interaktiv va bir-birlarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta`minlovchi percentiv tomoni mavjud. Ushbu tizimning har bir tomoni muomalaning zaruriy va muhim tarkiblari hisoblanib, uning uchinchi bo’lagi shahslararo ta`sir o’tkazish uchun juda muhim omalaga kirishuvchi shahslar bir-birlarini yahshi tushunishlari uchun, avvalo suhbatdoshning yo’zi, hissiy kechinmalarini~idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, o’zining uning o’rnida his qilib, o’zida hukm surayotgan his-tuyg’ular doirasida uning holatiga kirishga intilish (identifikaciya), qolaversa, bu jarayonda individual va ijtimoiy ongda mavjud bo’lgan mutlaq stereotip, ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanishi (stereotipizaciya) ushbu jarayon to’g’ri kechishini ta`minlab turadi.Lekin bu jarayonlar shui^chalik tez va qisqa fursatda kechadiki, shahs ba`zan o’zidagi ana shunday qiyoslashlarni ongsiz ravishda, hayotiy tajriba orqali o’rnashib qolgan shablon -qoliplar asosida amalga oshiradi, shuning uchun ayrim hollarda muloqot samarasiz yoki hato kechishi mumkin. Ana shunday hatoliklarga olib keluvchi jarayon ijtimoiy psixologiyada kauzal atribuciya deb atalib, uning mohiyatini shahsning ko’pincha o’z hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan noto’g’ri foydalanish natijasi tashkil qiladi.Shahsning po’nalgailigi kishining hayotiy rejalari, uninghayotiy faolligi darajasi va maqsadlarini belgilaydi. Shahsning yo’nalganligi harakterning yahlitligi, birligi, kuchi asosida yotadi. Shahsning yo’nalganligi insonning butun hatti-harakatlarida o’z aksini qoldiradi. Hulq - atvor faqatginasabablar orqali emas, balki, munosabatlarning yahlit sistemasi orqali belgilansada, bu sistemada har qachon nimadir oldingi planga chiqariladi va bu, kishi harakteriga o’ziga hoslik bag’ishlaydi. Muloqot jarayonining samaradorligini ta`minlovchi ijtimoiy psixologik omillar ichida shahsning muloqot maromini egallash ko’rsatkichi muhim o’rin tutadi. Bu sifat muloqot savodsizligiga zid bo’lib, ohirgi hislat quyidagi omillarga bog’liq: 1) o’zgalar mavqeida tura olmaslik, ularning hissiy kechinmalari, tuyg’ulari va munosabatlariga befarqlik: 2) o’z his-tuyg’ulari va munosabatlarini boshqara olmasligi, o’z -o’ziga ma`suliyatning yo’qligi, o’z - o’zini tahlil qilishimkonining zaifligi;3) suhbatda har bir inson uchun bir qarashda tabiiy hisoblangannutq qobiliyatining yo’qligi, ya`ni fikr - mulohazalardagi mantiqva uzviylikning mavjud emasligi; 4) eshitish qobiliyatining kuchsizligi, ya`ni birovga murojaat ma`nosida gapirish qanchalik ijobiy fazilat va mas`uliyatli faoliyat bo’lsa, o’zgalarni, suhbatdoshni tinglash ham shahsdan qator sifatlarni talab qiladiki, tinglay olish uquvi hamsuhbatni o’ziga og’dirishning muhim omilidir. Bu omillarning kuchiga e`tiborsizlik, o’zgalar mavqeida tura olmaslik -muomalada sub`ektiv hodisalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, mulocot tehnshasi deganda ushbu jarayonda bevosita ishtirok etayotgan yoki aniqroq qilib aytganda, qo’llaniladigan nutqiy verbal yoki nutqsiz - noverbal vositalar nazarda tutiladi. Ma`lumki, odamlar o’zaro muloqotga kirishganda, eng samarali va tabiiy so’zlashish vositasi bo’lmish nutqdan foydalanadilar, uning ta`sirchanligi va kuchi, tabiiyki o’sha so’zlovchilarning malakalariga, tajribasiga va hayotiy ko’nikmalariga, til boyliklaridan qay darajada omilkorona foydalana olishlariga bog’liq. Muloqot san`ati bilan bir qatorda eshitish uquvi va tehnikasi ham katta ahamiyatga ega. Zero, eshitish yoki tinglashning ham o’ziga hos nozik tomonlari mavjud. Avvalo, eshitish yoki tinglash gapirish uchun mavjud yoki tinglash esa - tushunish uchun darkor. Bu ikki holatda tinglovchining yuz ifodasidan tartib, tinglovchi suhbatdoshini fikr almashish uchun tinglaganda, uning diqqati shu darajada tarang bo’ladiki, natijada u to biror luqma yoki aniq bir fikr to’plamaguncha uni tinglayveradi. Ikkinchi holat-ahborotni tushunish uchun tinglaganda esa emocional kechinmalar yoki luqmalar har bir fikrga aniqlik kiritish, uning mohiyatiga to’liq etib borish uchun ishlatiladi, bunda tinglovchining suhbatdoshga nisbatan mavqei oldingisidan ancha sust kechadi. Tinglash tehnikasining ikki bosqichi farqlanadi; a) qo’llab -quvvatlash bosqichi va; b) sharhlash bosqichi. Birinchi bosqich asosan buhbatdoshga tashabbusni berish va uning fikrlarini ohirigacha bayon etishga imkoniyat berish bo’lib, bunda bir qancha vositalar qo’llaniladi. Bular - "aks sado" - har bir jumla yoki fikr ohirida uning ohirgi so’zlarini qaytarib turish; ma`qullovchi yoki e`tiroz bildiruvchi luqmalar, qaytariluvchi so’zlar bilan suhbatdosh fikrlarini hissiy ma`qullash. M: "qarang-a", "qoyil", "yo’g’ - e" kabilar; "Chorlash va kuvvatlash" vositasi ham ayrim luqmalardan iborat bo’ladi, masalan, "keyin nima bo’ladi?", "yana-chi", "yashang" singarilar; "aniqlik kirituvchi savollar". M; "nima demoqchisiz?" yoki "aniq maqsadingiz nima ekan, o’zi?" va hokazo. "Qo’ishmcha lucmalar". Bunda gapning mazmunidan kelib chiqib, ayrim aniqliklar kiritiladi. Masalan: "men ham eshitgandim, qani qolganini eshitaylik!". Bunda tinglovchi tanqidshKmulohaza ham bildirishi mumkin, yoki aniq fikrni ma`qullaydi, e`tiroz bildiradi. Bundan tashqari, u tinglash jarayonida suhbatdoshining fikrlarini tahlil qilishi, maslahat bildirishi, suhbatdosh fikrlarini o’z so’zlari bilan qaytarishi yoki aytganlarning yo’nalishini o’zlashtirish maqsadida boshqa predmetga ko’chirishi yoki hazilga aylantirishi mumkin. Bular, suhbatning jonli, mazmunli, samarali bo’lishini ta`minlaydi. Shunday qilib, muloqot uch hil yo’nalishda, ya`ni: 1) muloqot - inson faoliyatining mustaqil turi sifatida;2) muloqot - inson faoliyati boshqa turlarining atributi sifatida; 3) muloqot - sub`ektlarning o’zaro ta`siri sifatida tushunilishi mumkin. Muloqot ko’p jihatdan muloqotning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari samarali qo’llanishiga bog’liq. Muloqotning bu muhim usullarini egallash, demak muloqot madaniyatini egallash, vaziyatlarni psixologiya yordamida boshqarishga o’rganishidir. Muloqotning muhim ijtimoiy - psixologik mexanizmlari-ishontirish, taqlid, uqtirishdir. Ishontirish - u yoki bu mulohaza yoki hulosani mantiqiy asoslab berish jarayonidir. Ishontirish hamsuhbat yoki tinglovchilar ongini shunday o’zgartirishni nazarda tutadiki, u mazkur nuqtai-nazarni himoya etish va shunga muvofiq harakat qilishga tayyorlikni vujudga keltiradi. Ishontirish -shahs yoki guruhga ta`sir etish usuli bo’lib, u shahsning ham aqliy, ham hissiy sohalariga dahldor. Takrid cilish psihik ta`sirning bir turi sifatida asosan individ tomonidan hulq - atvor, hatti - harakat, yurish-turishning muayyan tashqi xususiyatlarini takrorlashga qaratilgandir. Psihoterapevt V.L. Levi tashqi va ichki taqlidni ajratib ko’rsatadi. Ichki taqlidda boshqa odamning hulq - atvori va tuygulari mantiqi hissiyot bilan bilib olinadi. Boshqa odamga ichki taqlid qilinganda uning tashqi ko’rinishlari hisobga olinadi, albatta, lekin ular tabiiy bo’lib ko’rinadi. Murakkab psihik xususiyatlarga taqlid darhol, butunligicha amalga oshiriladi. Boshqalar bilan muloqotda bo’lganimizda ifodalashimiz mumkin bo’lganidan ancha ko’p narsani idrok etamiz va his qilamiz.Uqtirishnshg mohiyati shundaki, tinglovchining gapirayotgan gapiga to’la va so’zsiz ishonchi mavjud, gapirayotgan odamning so’zlari tinglovchida gapirayotgan odam nazarda tutgan tasavvurlar, obrazlar va his-tuyg’ularni uyg’otadi, uyg’otilgan tasavvurlarning to’la ravshanligi va so’zligi shunday harakatlar qilish zaruratini keltirib chiqaradiki, bu tasavvurlar boshqa shahs vositasida emas, balki tinglovchining o’zida bevosita kuzatishi yoki bilib olishi orqali qilinadi. Shahslarning muloqotdagi o’zaro ta`sir ko’rsatish jarayonlaridan biri sifatida uqtirish - ihtiyoriy va ihtiyorsiz, bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin.


Yüklə 3,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin