Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi


Eshitish bilan bog’liq kasalliklar



Yüklə 106,92 Kb.
səhifə6/13
tarix15.06.2022
ölçüsü106,92 Kb.
#61479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ISHI

Eshitish bilan bog’liq kasalliklar :

Chig'anoqqa qo'yiladigan implantatlar AQSHda, Avstraliyada va Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida eshituv nervini stimulyatsiya qilish uchun chig'anoqqa elektrodlarni implantatsiya qilish bo'yicha ko'p sonli tadqiqotlar o'tkazilgan. Apparat mikrofon, elektron datchik va bir yoki ko'p kanalli, chig'anoqqa implantatsiya qilinadigan elektroddan iborat. Koxlear implantatsiya operatsiyasi faqat total garanglikda o'tkaziladi. Intrakoxlear ko'p kanalli apparatning ish natijalari maqtovga loyiq, chunki patsiyentlar endi bemolol gaplasha oladilar. Ko'pchilik bemorlarda eshitish ancha yaxshilanadi. Hozir implantatsiya bolalarda eshituv buzilishlarini davolashda keng qo'llanilmoqda.


Elektron protez- Ko'pgina zamonaviy protez eshituv sistemasini stimulyatsiya qiladigan tasmacha bilan yaratiladi, bu telefonlardan foydalanishni soddalashtiradi. Avtomatik tovush diagnostikasi bo'lgan apparatlar yaqin kelajakda talab qilinishi mumkin. Ma’lumki, eshituv apparati eshitishni yaxshilab, bemorga o'z nutqini korreksiya qilishga imkon berishi mumkin, biroq quloq ichidagi patologik jarayonga also ta’sir qilmaydi. Bolalarning eshitishini protezlash nutqi va psixikasining normal rivojlanishiga imkon beradi. Eshituv apparatining samaradorligiga undan foydalanish vaqtidan boshlab 2 hafta o‘tgach, baho berilishi kerak. Bu davr ichida bemor pribor orqali kelayotgan ko'p sonli tovushlarga o'rganadi va qabul qilinadigan nutqning odatdan tashqari balandligiga ko‘nikadi. Eshitishni protezlash bir tomonlama og‘irquloqligi bo'lgan bemorlar uchun maqsadga muvofiq. Agar bemor eshituv apparatidan foydalana olmasa, uni lab qimirlashidan o'qishga o'rgatish zarur. Eshitishni protezlashda ishning kosmetik tomoni ham ahamiyatli. Quloq orqasiga o'rnatiladigan mo'jaz apparatlar va bevosita tashqi eshituv yo'liga qo'yiladigan apparatlar yaxshi kosmetik natija beradi. Kelajakda elektrodlarni mikrofondan chig'anoqqa xirurgik implantatsiya qilish vazifasi turibdi , biroq bu ish endigina boshlangan. Bu elektrodlarni amaliyotga joriy qilish uchun bir qator jiddiy ilmiy nazariy va genetik masalalami hal qilish talab etiladi. Bu sohada yutuqlarni qo'lga kiritish muqarrar, biroq elektron moslamaning o'z qiymati va keying reabilitatsiya xarajatlari juda yuqoridir.

Yüklə 106,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin