147
yordam beradi. Bu oʻyinni uyushtirishda oʻquvchilar
guru-higa ikki-
uchtadan shunday topishmoqlar beriladi.
Bu oʻyin ma’lum bir tovush va harf haqida oʻquvchilar bilim
olganlaridan keyin oʻtkaziladi. Oʻqituvchi tomonidan oʻrganilgan
tovush qatnashgan soʻzlarni xattaxtaga yozma harflar bilan yozib
qoʻyiladi. Oʻyin ishtirokchilari bu soʻzlarni kesma boʻgʻinlar
yordamida xattaxtaga terib chiqadi. Oʻqituvchi aytgan tovush soʻzning
qaysi oʻrnida kelayotganini aniqlaydilar. Oʻtilgan L ,l
harfi haqidagi
bolalarning bilimini mustahkamlash uchun
oila, opa, ana, tola, Lola,
Ali,
soʻzlarini yozib qoʻyadi. Oʻquvchilar shu soʻzlarni kesma
boʻgʻinlar yordamida xattaxtaga terib l tovushi soʻzning
qayerida
kelayotganligini aniqlaydi. D,d tovushi va harfi oʻtilganda Odil,
Madina, Dildora, dala, dada, adab soʻzlari ustida ham shunday oʻyin
uyushtirish mumkin.
Oʻyin-topshiriqlarning joylashish oʻrni mavzular doirasiga qarab
joylashtirildi. Ya’ni avvalo, qayta xotirlashga qaratilgan,
keyinroq
oʻquvchilarni oʻylashga majbur qiladigan va muammoli oʻyin-
topshiriqlar berildi. Bunday topshiriqlarni bajarish jarayonida va ularni
tavsiflashda
oʻquvchi bevosita muloqatda boʻladi. Bajargan
topshirigʻini taqdim (bayon) qilish paytida oʻylashga, mavjud fikrining
zaruriylarini ajratib olishga harakat qiladi. Natijada oʻquvchining nutqi
shakllana boradi va rivojlana boradi.
“Tugallanmagan gap” mashqi
“Tugallanmagan gap” mashqi tavsifi.
Oʻqituvchi tomonidan
oldindan tayyorlangan qogʻozda gaplar berilgan boʻladi. Bunda 3-4 gap
berilgan boʻlib, ular faqat boshlahgan, lekin tugallanmagan boʻladi. Har
bir guruhga har xil gaplar beriladi. Har xil gaplar berilishi asosida bir
vaqtda bir qancha ish (masalalar) hal qilinadi. Uni oʻquvchilar
belgilangan vaqt ichida tugallaydi. Gaplar aniq, toʻgʻri boʻlib, soʻzlar
mazmunan bir-biriga bogʻlanishli boʻlishi uqtiriladi.
Ushbu
mashq
oʻtilgan va oʻtilishi kerak boʻlgan mavzular boʻyicha kichik guruhlarda
jamoa boʻlib erkin fikrlash, xotiralash orqali avval ogʻzaki, keyin
yozma fikrlari ifodalanadi. Ifodalangan fikr jamoada kelishilgan holda
tugallanadi. Guruhdan bir oʻquvchi taqdimot qiladi.
Qoʻllanishi.
Yakka holda va kichik guruhlarda qoʻllaniladi. Ona tili
darslarida
umumlashtiruvchi va takrorlash, bilimlarni mustahkam-
lashda qoʻllaniladi, toʻgarak mashgʻulotlarida qoʻllasa maqsadga
muvofiq boʻladi.
148
Kutiladigan natija.
Oʻquvchilar
erkin ijodiy fikrlashga, jamoa
boʻlib ishlashga, izlanishga, nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga,
oʻzgalar fikrini tinglash, anglash,
hurmat qilishga, bajarilayotgan
mashqning maqsadini tushunishga oʻrganadi. Oʻrganilgan bilimlarni
eslab, oʻz fikrini ogʻzaki hamda yozma
shaklda savodli bayon qila
olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantiradi.
Dostları ilə paylaş: