142
ushbu oʻyin oʻtkazilsa, soʻz yasovchi qoʻshimchalar haqida ma’lumot
berish talab qilinmaydi.
Oʻquvchilar
bu davrda
soʻzning tarkibi va soʻz
yasash
haqida bilimga ega emaslar.
Chunki boshlangʻich sinf oʻquvchilari ona tilini koʻproq
amaliy
oʻrganishadi. Ana shu davrda hosil qilingan koʻnikmalar
keyingi
sinflarda soʻz tarkibini oʻrganishgandan keyin yasovchi qoʻshimchalar
sifatida oʻrganiladi. Oʻyinni boshlashdan oldin oʻqituvchi bir, ikki
misol orqali oʻyinning tartibini tushuntiradi.
Aziz - Aziza
togʻ - togʻa
sayla - saylov
Nur - nura
yelka - yelkan
xol - xola
olti - oltin
varaq - varaqa
ot - ota
tol - tola
koʻz - koʻza
ola - olam
Sinf oʻquvchilari ikki guruhga boʻlinib
xattaxta ham shuncha
qismga ajratiladi. Har bir guruh topgan soʻzini xattaxtaning oʻziga
tegishli qismiga yozib boradi. Koʻp soʻz topgan guruh gʻolib
hisoblanadi. Oʻyinni butun sinf oʻquvchilari bilan ham oʻtkazish
mumkin. Ma’lum vaqtdan keyin oʻyin yakunlanadi. Eng koʻp soʻz
topgan oʻquvchi gʻolib hisoblanadi va ragʻbatlantiriladi.
Soʻz tuzish oʻyinining bir turi soʻzning oʻrtasiga bir harf qoʻshib
yangi soʻz hosil qilish hisoblanadi. Oʻyin koʻpincha ikki boʻgʻinli
soʻzlar bilan oʻtkaziladi. Ikki boʻgʻinli soʻzning oʻrtasiga
undosh
tovush qoʻshish orqali yangi soʻz hosil qilinadi. Ushbu oʻyin
oʻquvchilarning ziyrakligini oshiradi. Oʻzbek
tili leksikasidagi
soʻzlarning ma’no jihatidan farqini anglab oladi. Oʻquvchining soʻz
boyligi oshadi. Oʻyin shartini bajarish uchun ixtiyoriy diqqati toʻla
ishga tushadi. Oʻyinni boshlashdan oldin oʻqituvchi bir, ikki soʻzni
xattaxtaga yozib tushuntirib beradi.
sara - sayra
zira - ziyrak
Dostları ilə paylaş: