139
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun nashr qilingan ona tili va
oʻqish savodxonligi darsliklarida oʻquvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirishga xizmat qiladigan oʻquv topshiriqlari juda koʻp berilgan.
Bu topshiriqlar turli usullar bilan oʻqituvchi hamkorligida oʻquvchilar
tomonidan mustaqil bajarishi kerak. Ularni bajarishda ijobiy natija
beradigan topshiriqlarning asosiy turlaridan biri grammatik oʻyin-
topshiriqlardir. Topshiriqning bu turi oʻquvchilardan bilimdonlikni,
izlanishni, topqirlikni va tezkorlikni talab qiladi. Oʻyin-topshiriqlar ona
tili darslarining qiziqarli oʻtishini ta’minlaydi.
Shularni hisobga olgan holda ona tili savodxonligi darslarini
oʻtishda ishlatish mumkin boʻlgan ayrim grammatik oʻyinlar,
boshqotirmalar va ulardan foydalanish metodlarini tavsiya qilamiz.
Bunday grammatik oʻyinlarni yanada koʻplab oʻylab topish va dars
jarayonida qoʻllash mumkin. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek,
oʻqituvchining ijodkorligiga, izlanuvchanligiga, mahorati va tinimsiz
qiladigan mehnatiga bogʻliq.
Ma’lumki, ona tili fanida mavhum tushunchalar, ta’rif va qoidalar
juda koʻp. “Milliy dastur” asosida yaratilgan ona tili va oʻqish
savodxonligi darslarida esa qoidalardan voz kechilgan holda lingvistik
tushunchalarni amaliy tarzda oʻrgatishga qaratilgan. Oʻquvchi har bir
til hodisasini mustaqil oʻrganmasa, bu hodisalar ustida mustaqil ijodiy
ish bajarmasa, fikrlash, kuzatish, qiyoslash, taqqoslash, guruhlash,
umumlashtirish kabi aqliy faoliyat bilan shugʻullanmasa, til
hodisalarining mohiyatini anglay olmaydi va ularni puxta oʻzlashtira
olmaydi.
Bu aytganlarni bajarish, asosan, amaliy-ijodiy faoliyat bilan
bogʻliq. Ayni paytda oʻquvchi charchamasligi, zerikmasligi, qiziqish
bilan faoliyatga kirishishi kerak. Bu jarayonga oʻyin(grammatik oʻyin)
yoʻli bilan kirishish oʻquvchilar tabiatiga juda mos keladi. Chunki oʻyin
oʻquvchining eng sevimli mashgʻuloti, faoliyatida asosiy oʻrinni
egallaydi. Ana shu imkoniyatni foydali tomonga, maqsad sari
yoʻnaltirish zarur.
Savod oʻrgatish juda muhim mas’uliyatli va ayni vaqtda
oʻquvchining esida bir umr saqlanib qoladigan sharafli davr
hisoblanadi. Keyingi sinflarda beriladigan bilimlar oʻquvchi tomonidan
Dostları ilə paylaş: