130
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda koʻproq ikkinchi turdagi
mashgʻulotlar nazarda tutiladi va ular asosan oʻz oldiga quyidagi
maqsadlarni qoʻyadi: oʻquvchilarda ona tiliga va uning tatbiqlariga
qiziqish uygʻotish, oʻquvchilarning ona tilidan reja boʻyicha olgan
bilimlarini kengaytirish, oʻquvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi
malakalarini oshirish, ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga
oʻrgatish, oʻquvchilarda tilshunos olimlar va tarixiy materiallar haqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat. Bu maqsadlarning bir qismi
darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli
qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari ishlar
darslari tashkil etilgan. Sinfdan tashqari ishlar 1-2-sinfda haftada 1
marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta oʻtkaziladi. Savod oʻrgatish
jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17-20 daqiqasi
ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: