Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Yozma xatolarning oldini olish va ularni



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Yozma xatolarning oldini olish va ularni 
bartaraf qilishga oid mustaqil ishlar


120 
xatolari ustida ish olib borishni ta’minlashdir. Oʻquvchi mustaqil 
ishdagi xatoni oʻqituvchi signali (xato haqida signal) asosida oʻzi “Imlo 
lugʻati” bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu soʻzning toʻgʻri 
variantini oʻz imlo lugʻati daftariga koʻchirib oladi. Ba’zi oʻqituvchilar 
vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni koʻproq darsdan keyin 
uyushtiradilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday 
bajarilganligi 
va 
oʻquvchining shu soʻz imlosini qanday 
oʻzlashtirganligi tekshirib borilishi lozim. 
Oʻquvchilar nutqidagi dialektal xatolarni bartaraf qilish maqsadida 
yuqorida koʻrsatilgan ish usulidan tashqari, yana sinfdoshining 
nutqidagi dialektal ta’sirida aytilgan soʻzlarni aniqlab, uning adabiy 
tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan 
foydalanish mumkin. 
Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xatolar ustida ishlash 
darsida emas, balki har bir darsda alohida ish olib borishni taqozo etadi. 
Savol-javob, oʻqish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni 
tushuntirish jarayonida dialektal xatolar ham izohlanadi va tuzatib 
boriladi. Oʻqituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlarda hamma 
vaqt mahalliy shevaga xos boʻlgan xatolarni bartaraf etish koʻzda 
tutilishi lozim. 
Xatolarni bartaraf qilishda, ayniqsa, yozma ish tahlilini oʻtkazish 
yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash 
darsida quyidagilarga e’tibor bermaslik natijasida oʻquvchilar ishda 
anchagina kamchiliklarga yoʻl qoʻymoqdalar: 
- yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning notoʻgʻri taqsimlanishi; 
tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik; 
- xatoni bartaraf etishga oʻquvchilarning qiziqishini uygʻota 
olmaslik; ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida 
ishlashga ham e’tibor berib, xilma-xil ish formalar (turli kartochkalar, 
darslikdagi mashqlar va b.)dan foydalana olmaslik; 
- har bir oʻquvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash 
qobiliyatini 
hisobga 
olmaslik, 
differentsial 
topshiriqdan 
foydalanmaslik; 
- yozma ishda yoʻl qoʻyilgan xatolarning toʻgʻri klassifikatsiya 
qilinmasligi tufayli oʻquvchilar diqqatini tipik xatolar ustia ishlash 
paytida asosiy masalaga jalb eta olmaslik; 
-yozma ishda qoniqarsiz baho olgan oʻquvchilarning tahlil 
jarayonida e’tibordan chetda qolishi; 


121 
- oʻquvchilarning oldingi yozma ishlarida yoʻl qoʻygan xatolarini 
hisobga 
olmaslik 
hamda 
bu 
xatolarning 
qanday 
bartaraf 
etilayotganligini nazorat qilmaslik; 
- oʻquvchilarni yoʻl qoʻyilgan xatolarning sabablarini tahlil 
qilishga oʻrgatmaslik; 
- tahlil jarayonida ularning “Imlo lugʻati” bilan ishlashni tashkil eta 
olmaslik. 
Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va 
punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga oʻxshaydi. Shuning uchun 
diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf 
etishda qoʻllangan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida 
foydalansa boʻladi. 
Quyida diktant tahlilini oʻtkazish tartibi va xatolar ustida ishlash 
haqida fikr yuritamiz. 
Diktant tahlilini oʻtkazishda asosiy e’tibor imloga doir xatolarga 
qaratiladi. 
Oʻquvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloga doir 
xatolarni toʻrt guruhga ajratish mumkin: 
1. Qoʻshimchalarni qoʻllamaslikdan kelib chiqadigan xatolar: 
“Maktabning bogʻi”, “yerga qoʻndi” oʻrniga “yerda qoʻndi” kabi. 
Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun oʻsha xatoga aloqador 
qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda oʻqitish hamda bu 
qoidaga doir mashqlar ishlatish, didaktik va tarqatma materiallardan 
foydalanish tavsiya qilinadi. 
2. E’tiborsizlik orqali yoʻl qoʻyiladigan xatolar. “Daftar” soʻzini 
“daptar”, “oʻquvchi”, soʻzini “ukuchi” tarzida yozish kabi. Bu tipdagi 
xatolar, asosan, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi. Bunday xatolar ustida 
ishlashda maktab oʻquvchilari uchun chiqarilgan “Imlo lugʻati” bilan 
har bir oʻquvchining individual ishlashni tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir. 
3. Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab boʻlmaydigan, 
yozilishni faqat esda saqlash lozim boʻlgan soʻzlarda qilingan xatolar: 
“tayyor” soʻzini “tayor” yozish, “sayyod” soʻzini “sayod” yozish kabi. 
Tahlil jarayonida bunday soʻzlarni imlosini oʻrgatish uchun shu soʻzni 
bir necha marta ogʻzaki takrorlatish shu soʻzni doskada yozdirish, 
lugʻatdan toptirish metodlaridan mumkin. 
4. Sheva ta’sirida sodir boʻladigan xatolar: “kelyapti” oʻrniga 
“kelopti”, “kevotti”, “kelutti”, “deraza” oʻrniga “treza” yozish kabi. 


122 
Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yoʻli taqqoslash, 
chogʻishtirishdir. Oʻquvchidan tahlil darsida oʻzi yozgan soʻz bilan 
oʻsha soʻzning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chogʻishtirish, 
farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun soʻzining shevadagi 
koʻrinishlari bilan adabiy tildagi variantini chogʻishtiradigan 
koʻrgazmalaridan ham foydalanish mumkin. 
Ba’zi oʻquvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda 
qiynaladilar. Sinfdagi koʻpchilik oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolar tipik 
xato sanaladi. Oʻqituvchi taxminan darsning oʻn-oʻn besh minutini tipik 
xato ustida ishlashga ajratadi. Oʻquvchilar diqqati tipik xato bilan 
bogʻliq boʻlgan qoidaga qaratiladi. 
Oʻquvchilar xatoga yoʻl qoʻyilgan soʻzning toʻgʻri variantiga 
oʻxshash misollar topadilar, qoidaning shu soʻzga aloqador joyini 
kitobdan topib oʻqiydilar, soʻzning toʻgʻri yozilishini asoslaydilar. 
Darsning qolgan qismida esa, asosan, xatolar ustida individual 
mustaqil ish olib boriladi. Bunda har bir oʻquvchi oʻz xatosi ustida 
ishlaydi. “Xuddi” soʻzini xato yozgan oʻquvchiga shunga oʻxshash 
yonma-yon kelgan qoʻsh undoshli soʻzlar topib daftarga yozish, shu 
soʻzlardan bir-ikkitasi yordamida gap tuzish topshiriladi. “Qad 
koʻtarib” birikmasidagi “qad” soʻzini “qat” yozgan oʻquvchilarga 
jarangli d undoshi uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi 
talaffuz qilinib, d yoziladigan soʻzlar topshiriladi va “Ayrim undosh 
tovushlarning yozuvda ifodalanishi” mavzusini mustaqil tartibda 
kitobdan oʻqish topshiriladi. 
Bir xil xatoga yoʻl qoʻygan oʻquvchilar bilan ham ishni aynan bir 
usulda tashkil etib boʻlmaydi. Agar bir oʻquvchiga xato yozilgan 
soʻzning toʻgʻri variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2 
misol keltirish kifoya boʻlsa, boshqa oʻquvchi uchun shu xatoni bartaraf 
etish maqsadida ma’lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy 
xarakterdagi misollar topishini uyushtirishga toʻgʻri keladi. 
Oʻqituvchi individual kartochkalarni tuzishda oʻquvchilarning real 
oʻquv imkoniyatini hisobga oladi. Ma’lumki, tez yozish va mustaqil 
ishlashga oʻrgangan oʻquvchilar topshiriqni qisqa muddatda va boʻsh 
oʻzlashtiruvchi oʻquvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar. Yetarli 
darajada mustaqil ishlash koʻnikmasiga ega boʻlmagan oʻquvchilar 
kartochkada koʻrsatiladigan vazifalarni bajarish uchun birmuncha 
koʻproq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir 
kartochkaning differensialligi oʻquvchilarning oʻz xatosini bilib olishga 


123 
boʻlgan 
qiziqishini 
kuchaytiradi 
hamda 
belgilangan 
vaqtda 
oʻquvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi. 
Darsligingizning “Sog tanda - sogʻlom aql” boʻlimini toping. 
Tutuq belgisi ishtirok etgan soʻzlarning yozilishiga e’tabor bering. 
“Imlo lugʻati”dan tutuq belgisi bilan kelgan 6 ta soʻz topib, 
daftaringizga yozing. 
Kartochkalar tipik xatolar ustida ish tugagandan keyin 
oʻquvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qoʻyib tarqatiladi. Xatolar 
ustidagi ish esa oʻquvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma’qul. 
Chunki yozma ish daftarlarida yigʻib olingan taqdirda ham oʻquvchi 
xatolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda oʻquvchi 
bilimi sinalayotgan oʻqituvchi oʻquvchi yoʻl qoʻyilgan xato soʻzining 
toʻgʻri variantini yozib koʻrsatishini talab qilishi mumkin. 
Ayrim oʻquvchilar topshiriqni yozma ish daftarining oʻzida 
koʻrsatadi. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Birinchidan, bunday 
metod oʻquvchi ishini ancha yengillashtirsa, ikkinchidan, har bir yozma 
ishda oʻquvchi savodxonligida boʻlayotgan oʻzgarish koʻrinib turadi. 
Oʻqituvchi navbatdagi yozma ishni tekshirar ekan, undan oldingi 
yozma ishda oʻquvchiga qanday topshiriq berilganligini hisobga olib 
borish zarur. Birinchi ish usulining ham oʻziga xos afzalligi bor. 
Oʻqituvchi ma’lum bir oʻquvchi uchun tayyorlangan kartochkadan 
oʻrni bilan boshqa maqsadda ham foydalanishi mumkin. 
Oʻqituvchi yozma ish tahlili darsiga tayyorlanganda quyidagilarni 
hisobga olishi shart: 
- oʻquvchilarning yozma ish daftarlarini sifatli tekshirish, undagi 
xatoni tuzatib koʻrsatmasdan, xato haqida signal berish metodidan 
foydalanish; 
- takrorlanishi zarur boʻlgan orfografik va tanish belgilari 
qoidalarini belgilash va unga mos mashqlar (misollar) tanlash; 
- didaktik tarqatma materiallarini puxta oʻylab, uni har bir 
oʻquvchining bilim saviyasi, mustaqil ishlash koʻnikmasini hisobga 
olgan holda tuzish; 
- yoʻl qoʻyilgan xatolarni toʻgʻri klassifikatsiya qilish, tipik va 
individual xatolar ustida ishlash sistemasini puxta oʻylab koʻrish; 
- uyga topshirilgan vazifani puxta oʻylab, uy topshirigʻining 
oʻquvchi yoʻl qoʻygan xatolarni bartaraf etishiga yordam berishini 
ta’minlash. 


124 
Ilgʻor oʻqituvchilarning tajribalariga asoslanib, biz xatolar ustida 
ishlash darslarida quyidagilarga rioya qilishni maslahat beramiz: 
- ham tipik, ham individual xatolar ustida oʻquvchining mustaqil 
ishlashini, yoʻl qoʻygan xatolarga ongli munosabatda boʻlishni, 
xatolarning sabablarini oʻylab koʻrishini tashkil etish; 
- har bir oʻquvchining lugʻat bilan mustaqil tartibda ishlashini 
uyushtirish; 
- oʻquvchining oʻz xatosi bilan oʻralashib qolishiga yoʻl 
qoʻymaslik, shu xatoga aloqador boʻlgan qoidalarni eslash, ijodiy 
misollar topish, har bir oʻquvchiga xatoning oldini olish yuzasidan 
maslahatlar berish; 
- xatolar ustida ishlash jarayonida oʻquvchining oʻz-oʻzini nazorat 
qilishini tashkil etish; 
- boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan individual ish olib borish, 
ularga oʻz xatolarini bilib olishga yordamlashish
- xatolar ustida ishlash jarayonida darslik materiallaridan, turli 
kartochkalar, koʻrsatmali qurollar va texnika vositalaridan unumli 
foydalanish. 
Demak, xatolarning oldini olish va uni bartaraf etish uchun 
oʻquvchilar bilan muntazam ish olib borish lozim. 
Yuqori qayd etilgan mustaqil ish turlaridan oʻqituvchi oʻrinli 
foydalansa, shubhasiz oʻquvchilarning ijodiy fikrlashiga, nazariy 
tushunchalarni amaliy ish bilan qoʻshib olib borishiga erishadi. 
 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin