Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Xatolarni to
ʻ
g
ʻ
rilash va ularning oldini olish


118 
matnni til tomonidan tahlil qilish oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xato ustida 
ishlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi); 
5) oʻquvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik 
qurilmalardan foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, 
insho, bayondan oldin uni til jihatidan mashq qilish; 
6 ) imkoni boʻlsa, grammatik mavzu oʻrganilayotganda, shu mavzu 
xatoning oldini olish uchun asos boʻlib xizmat qilishini koʻrsatish - 
tushuntirish; 
7) oʻquvchilarni yozgan insho va bayonlarini oʻzlari tekshirishiga 
va mustaqil takomillashtirishi (“tahrir qilish”)ga maxsus oʻrgatish. 
Koʻrsatilgan yoʻnalishlarning hammasi har bir sinf oʻquvchilari 
uchun, ayniqsa, 3- va 4-sinf oʻquvchilari uchun muvofiq keladi. 
Nutqiy xatolarni toʻgʻrilashva oldini olish til ustida ishlash bilan 
bogʻlab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi. 
 
Oʻquvchilar ogʻzaki va yozma nutqida yoʻl qoʻygan nutqiy 
xatolarni oʻz vaqtida toʻgʻrilab borish zarur. Oʻquvchi yoʻl qoʻygan 
xatosining toʻgʻri variantini oʻzlashtirsin, imkoni boʻlsa, xatoning kelib 
chiqish sababini tushunsin. Xatoni toʻgʻrilashning eng foydali usuli yoʻl 
qoʻygan xatosini oʻquvchining oʻzi toʻgʻrilashi hisoblanadi, agar 
oʻquvchi xatosini toʻgʻrilay olmasa, uni oʻqituvchi toʻgʻrilaydi. Xato 
turiga qarab toʻgʻrilanadi: gap yoki soʻz birikmasi qayta tuziladi, soʻz 
boshqasi bilan almashtiriladi, zarur soʻz qoʻshiladi, ortiqchasi ustidan 
chiziladi. 
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash 
maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. 
Oʻqituvchi oʻquvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida 
qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni oʻqib beradi, 
mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy 
xatolar aniqlanadi. Yoʻl qoʻyilgan xatoni toʻgʻrilash yoʻli tushuntiriladi. 
Shundan soʻng xato ustida birgalikda ishlanadi: oʻqituvchi yoʻl 
qoʻyilgan xatoning bir turini toʻgʻrilash yuzasidan topshiriq beradi: 
“Nooʻrin ishlatilgan soʻzni boshqasi bilan almashtiring”. Xatosi bor 
matnni oʻqib yoki yozib beradi, oʻquvchilar yoʻl qoʻyilgan xatoni 
topadilar, maqsadga muvofiq soʻz bilan almashtirib, uni toʻgʻrilaydilar 
va tushuntiradilar. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin