116
Boshlangʻich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin,
chunki ularni toʻgʻrilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan
qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish
ustida rejali, muntazam ish olib borish
uchun asosiy nutqiy xatolar
turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni oʻrganish, shuningdek,
ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni toʻgʻrilash va
oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:
lugʻaviy-uslubiy, morfologik-
uslubiy, sintaktik-uslubiy.
Boshlangʻich sinflarda lugʻaviy-uslubiy xatolar koʻproq uchraydi.
Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:
1. Bir soʻzni qayta-qayta ishlatish.
Bunday
xatoning kelib
chiqishiga sabab, birinchidan, oʻquvchi soʻzni ishlatishga kam e’tibor
beradi va faol lugʻatidagi soʻzdan takroriy foydalanadi;
ikkinchidan,
oʻquvchining soʻz boyligi kam, ma’nodoshlarni
bilmaydi,
takrorlanadigan soʻzlar oʻrniga olmoshlardan foydalana olmaydi.
Agar oʻqituvchi bir soʻzni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning
ma’nodoshlaridan yoki shu soʻz oʻrniga
olmoshlardan foydalanish
kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi oʻquvchi matnni e’tibor
bilan oʻqib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.
2. Soʻzning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik
natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik.
Bunday xato bolaning
nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, soʻz boyligining kamligi sababli yuzaga
keladi.
Leksik xatolar xilma-xil boʻlgani uchun uni toʻgʻrilash va
tushuntirish
usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini
olishning umumiy yoʻli bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, oʻqilgan
va qayta hikoya qilingan matnni
til tomondan tahlil qilish, matndagi
soʻzlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
Dostları ilə paylaş: