Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yoʻllari



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Nutqiy xatolar va ularni bartaraf qilish yoʻllari
Xato turlari


116 
Boshlangʻich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, 
chunki ularni toʻgʻrilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan 
qisqa nazariy ma’lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish 
ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar 
turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni oʻrganish, shuningdek, 
ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni toʻgʻrilash va 
oldini olish uchun zamin hozirlaydi. 
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:
 lugʻaviy-uslubiy, morfologik-
uslubiy, sintaktik-uslubiy.
Boshlangʻich sinflarda lugʻaviy-uslubiy xatolar koʻproq uchraydi. 
Bunday xatolarga quyidagilar kiradi: 
1. Bir soʻzni qayta-qayta ishlatish.
Bunday xatoning kelib 
chiqishiga sabab, birinchidan, oʻquvchi soʻzni ishlatishga kam e’tibor 
beradi va faol lugʻatidagi soʻzdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan
oʻquvchining soʻz boyligi kam, ma’nodoshlarni bilmaydi
takrorlanadigan soʻzlar oʻrniga olmoshlardan foydalana olmaydi. 
Agar oʻqituvchi bir soʻzni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning 
ma’nodoshlaridan yoki shu soʻz oʻrniga olmoshlardan foydalanish 
kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi oʻquvchi matnni e’tibor 
bilan oʻqib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi. 
2. Soʻzning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik 
natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik.
Bunday xato bolaning 
nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, soʻz boyligining kamligi sababli yuzaga 
keladi. 
Leksik xatolar xilma-xil boʻlgani uchun uni toʻgʻrilash va 
tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini 
olishning umumiy yoʻli bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, oʻqilgan 
va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi 
soʻzlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin