113
Bunday reja insho yozishdan oldin koʻrib
chiqilib, unga ayrim
aniqliklar kiritiladi.
Ogʻzaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga
tayyorgarlik koʻriladi.
Inshoga tayyorgarlikni oʻqituvchi boshqaradi, bunga oʻquvchilarni
ishtirok
ettiradi, ularning oʻta faolligi va mustaqilligiga erishadi.
Tayyorlik deganda, birinchidan, oʻquvchilarda nimanidir tasvirlashga,
hikoya qilishga talab uygʻotadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho
uchun yetarli boʻlgan zarur material yigʻish; uchinchidan, mavzuga oid,
uni yoritishga mos boʻlgan til vositalarini tanlash tushuniladi.
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari
boshlanadi, darsdan tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida
ham olib boriladi.
Ogʻzaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga
boʻlinadi:
1) material yigʻish, ya’ni
kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni,
rasmni koʻrib chiqish,
kinofilm, spektaklni koʻrish, badiiy va boshqa
adabiyotlarni oʻqish;
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash,
uni tartibga
solish, joylashtirish, ya’ni suhbat, muhokama qilish,
zarur materialni
ajratish, reja tuzish, lugʻat ustida ishlash,
imlo va leksik tomondan
tayyorlash va hokazo;
3) inshoni nutqiy shakllantirish; insho matnini tuzish,
yozishni
takomillashtirish, xatolarini toʻgʻrilash, tekshirish.
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari
vaqtda bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material
yigʻish uni yozishdan
ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini
kuzatish bir hafta, hatto undan koʻproq davom etadi; rasmlar esa insho
yozishdan oldin koʻriladi.
Tayyorlov bosqichida qancha koʻp ishlansa, insho sifatli boʻladi.
Darsda yigʻilgan
materiallar yodiga tushirilsa, yozishga qiziqish
uygʻotiladi.
1-sinfda insho yozish bir dars, 2-sinfda bir dars keyingi soatdan 15-
20 daqiqa, 3-4-sinfda bir-bir yarim, ba’zan 2 dars ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: