114
Shunday qilib, insho yozish yoki ogʻzaki hikoya qilish darsi ilgari
bajarilgan ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik
roli bogʻlanishli nutq sohasidagi koʻnikmalarni egallash me’yoriga
qarab ortib boradi.
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga
bogʻliq. Tayyorlov bosqichida qancha koʻp ishlansa, insho darsida matn
ustida shuncha chuqur ishlash imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan
oldin yoki ogʻzaki hikoyalashda yigʻilgan materiallarni oʻquvchilar
yodiga tushirish, ularda qiziqish uygʻotish, yozishga yoki hikoya
qilishga xohish uygʻotish zarur.
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini e’lon qilish (yoki yodga
tushirish), uni oʻquvchilar bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida toʻplangan materialni tartibga solish yoki
material yigʻish (masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni
koʻrish) maqsadida suhbat oʻtkazish.
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt
ajratib, tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashgʻulot oʻtkaziladi
(insho tahlil qilinib, xatolar ustida ishlanadi).
Oʻqituvchi har bir insho turi uchun oʻquv vazifasini belgilab oladi.
Masalan, rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho
uchun quyidagi vazifalar belgilab olinadi:
1. Oʻquvchilarni inshoning yangi turi boʻlgan rasmlar seriyasi
asosidagi insho bilan tanishtirish.
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
Oʻquvchilarning mustaqillik darajasi oʻsib borgani sayin, inshoga
talab ham orta boradi.
Nutq oʻstirish metodikasida oʻquvchilar inshosi uchun baho
me’yori muhim masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon
etilgan asosiy talablarga rioya qilinadi.
Oʻquvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya’ni
yetarli yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja toʻgʻri tuzilganmi, materialni
bayon qilish tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yoʻqmi,
Dostları ilə paylaş: