Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Insho mavzusi va uni yoritish



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Insho mavzusi va uni yoritish


112 
Mikroblar va bakteriyalardan qanday himoyalanish mumkin? Tozalik 
vositalarini bilasizmi? Ulardan qanday foydalaniladi?
Topshiriqlar 
yozdiriladi, 
material 
toʻplanadi. 
Toʻplangan 
materiallar ogʻzaki savol-javob yoʻli bilan aniqlanadi, kamchiliklar 
tuzatiladi, reja tuziladi, soʻzlatiladi, soʻng yozishga ruxsat beriladi. 
Yigʻilgan materiallar, kuzatishlar 
“Mikroblardan ehtiyot boʻling”
mavzusida insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda oʻquvchilar mavzuni 
toʻliq yoritadilar. 
Reja - bu loyiha. Har bir ogʻzaki va yozma hikoya qilishning 
zaruriy pogʻonasi – reja. 
Reja har qanday ogʻzaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy 
pogʻonasi, uning “loyihasi”dir. Kishi oʻz nutqi haqida oʻylab, asosiy 
gaplarini belgilab oladi. Insho uchun reja tuzish shuning uchun ham 
zarur. 1-sinfda reja rolini oʻqituvchi savollari, ya’ni soʻroq gaplar 
tarzidagi reja bajaradi; 2-sinfda reja oʻqituvchi rahbarligida jamoaviy 
tarzda tuziladi; 3-4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlangʻich 
sinflarda 3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi. 
Bolalar avval oʻqigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida 
qayta hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, soʻng bir 
mavzuga oid bir necha rasm (rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, 
ya’ni rasmli reja tuzadilar, inshoga sarlavha topadilar. Shundan soʻng 
tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja tuzishga qulay 
boʻlgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini 
tuzishga oʻtiladi.
Reja tuzishga oʻrgatishda oldin nima haqida toʻxtalish, keyin uni 
qanday davom ettirish, undan soʻng nima haqida aytish, nihoyat, 
hikoyani qanday tugatish kerakligini oʻquvchilarga tushuntirish foydali 
usul hisoblanadi. Reja avval soʻroq gap tarzida, keyin darak gap, oxiri 
atov gap tarzida tuziladi. 
Reja koʻpincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida 
(rasm asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba’zan rejani 
ekskursiya, kuzatishdan oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish 
maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish, ijtimoiy foydali mehnat rejasi 
shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan material toʻplash, 
insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida tuziladi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin