Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


  Insho  material manbaiga koʻra



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

108 
Insho 
material manbaiga koʻra
quyidagi uchga boʻlinadi:
1) oʻquvchining oʻzi koʻrgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, 
ya’ni mehnat, kuzatishlar, ekskursiyalar, oʻyinlar, oʻz tajribasi va 
boshqa jonli materiallar asosidagi insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, oʻqituvchi hikoyasi; 
3) boshqa manbalar asosidagi insho. 
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik koʻrish metodiga koʻra
insho ikki turli boʻladi:
1) sinf oʻquvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy 
tayyorgarlikdan soʻng yoziladigan insho;
2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan soʻng 
yoziladigan individual insho. 
Janriga koʻra
hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga 
boʻlinadi. Boshlangʻich sinflarda tasvir va muhokama elementlari 
mavjud boʻlgan hikoya tarzidagi inshodan koʻproq foydalaniladi. 
Inshoni tasnif qilish ta’limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik 
vositalarni tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yoʻnalishda, 
baravar taqsimlashga yordam beradi. 
Boshlangʻich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan 
biri kichik yoshdagi oʻquvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga 
asoslangan inshodir. 
Rasm asosidagi insho
maktablarda tez-tez oʻtkaziladi, chunki 
rasm bolalar nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm 
bolalar sezgisiga ta’sir etadi, hayotning bola tajribasida hali 
uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm oʻquvchilarga tanish boʻlgan 
hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi. 
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya 
tarzidagi insho;
2) syujetli, oʻquvchilarni oʻylashga, faraz qilishga undaydigan bir 
rasm asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
3) rasmni tasvirlash - tasviriy insho. 
Boshlangʻich sinfda shaxsiy hayotiy tarjiba asosidagi insho koʻp 
oʻtkaziladi. Rasm asosidagi insho tez-tez oʻtkaziladi. 
Oʻquvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, soʻng bir rasm asosida, 
undan soʻng tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga oʻrgatiladi. 
Dasturga koʻra, 1-sinf oʻquvchilari oʻyinlari, mehnatlari, voqea-
hodisalar haqidagi taassurotlari asosida oʻqituvchi rahbarligida hikoya 


109 
tuzishlari va uni ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozishlari, 2-sinfda 
rasmlar seriyasi asosida kichik hikoya tuzish va uni jamoa tarzda 
tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va mehnat jarayoni 
haqida, bolalarning oʻyinlari, ishlari, sayillari haqida, avval oʻqituvchi 
rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni 
yozish, shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3-sinfda rasmlar (bir 
mavzuga oid bir necha rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) 
asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari, ekskursiyalardan olgan 
taassurotlari asosida rejani avval jamoaviy ravishda, keyin mustaqil 
tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi. 
Boshlangʻich sinflarda insho ta’limiy xarakterda boʻladi,
3-sinfdagina tekshiruv insho oʻtkazish mumkin. Ragʻbatlantirish 
maqsadida ta’limiy insholar ham baholanadi, lekin salbiy baho qoʻyish 
tavsiya etilmaydi. 
 
Inshoning 
tarbiyaviy 
ahamiyati 
tanlanadigan 
mavzuga, 
shuningdek, insho ustida oʻquvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va 
qiziqishiga, insho gʻoyasiga ham bogʻliq. 
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam 
beradi, izchil fikrlashga oʻrgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini 
oʻstiradi. Bolalar eng qiziqarli va oʻzlariga yaqin voqea-hodisalar 
haqida hikoya qiladilar va yozadilar, ularning inshosi mustaqil ishlash 
malakasini oʻstiradi, ommaviy faollikni oshiradi. 
Tanlangan mavzuning gʻoyaviy yoʻnalishini ochish tarbiyaviy 
vazifani hal qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat 
qahramonlari haqidagi, bolalarning hayoti, maktab, tugʻilib oʻsgan 
qishlogʻi yoki shahri haqidagi, tabiat hodisalari, tarixiy shaxslar 
haqidagi mavzular ayniqsa qulay.
Insho jamiyat hayotini tushunishga oʻrgatadi. Tabiatga, kishilarga, 
ularning yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat 
mahsuliga muhabbatni tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli 
jihatlarni egallashga, hozirgi zamon axloqiy talablarini anglashda 
oʻquvchilarga yordam beradi. 
Insho bola shaxsini shakllantirish vositasi.
Bolalar voqea - 
hodisalarni sinchiklab kuzatishni oʻrganadi, fikrini izchil yoritishga 
oʻrganadi. Adabiy tilni egallaydi. 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin