104 Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli boʻlib, maktabda alohida
oʻrin tutadi, shu bilan birga, barcha nutqqa oid mashqlar ma’lum
mazmunda inshoga boʻysunadi.
Insho 1-sinfda kichik ogʻzaki axborot va ehtirosli hikoyadan
boshlanib, oʻz fikrini ifodalashga, oʻquvchi shaxsining tashkil topishiga
xizmat qiladigan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan jiddiy rejali
aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita boʻlib, his-hayajon
uygʻotadi, aqliy mustaqillikka, fikrlashga, koʻrgan-kechirganlari va
oʻzlashtirganlarini baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar
oʻrtasidagi sabab-natija bogʻlanishni topishga, ularni qiyoslashga,
xulosa chiqarishga oʻrgatadi. Insho fikrni tartibga soladi, oʻquvchilarda
oʻziga, oʻz kuchi va imkoniyatiga ishonch tugʻdiradi.
“Insho” asli arabcha soʻz boʻlib, ma’nosi
“yaratish”, “bino qilish”, “boshlash” demakdir. Bu soʻzning ma’nosi hozirda ancha
torayib, asosan, oʻquvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy
yozma ish ma’nosida qoʻllanadi.
Insho – mavzuni oʻquvchi mustaqil yoritadigan yozma ish
turlaridan biri. Insho, asosan, ona tili va adabiyot darslarida ta’limiy
hamda nazorat maqsadlarida ta’limning barcha bosqichlarida
oʻtkaziladi. Insho bajarilish tartibiga koʻra sinf va uy insholariga
boʻlinadi. Inshoning oʻquvchilar guruhi bilan birgalikda yoziladigan va
har bir oʻquvchi mustaqil bajaradigan turlari ham bor. Insho oʻqituvchi
tomonidan oʻtilgan biror mavzu yoki erkin mavzuda boʻlishi mumkin.
Insho oʻquvchilar badiiy adabiyotni toʻgʻri idrok etishlariga, fikrni
ixcham, mantiqiy ifodalashlariga, ularning yozuv savodi oʻsishiga
yordam beradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining nutq mаdаniyatini oʻstirishdа
ona tili va oʻqish savodxonligi darslaridan oʻtkаzilаdigаn yozmа ish
аsоsiy rоl oʻynаydi vа u turli shаkldа oʻtkаzilаdi.
Mаktаbdа oʻtkаzilаdigаn yozmа ishlаrning eng muhim vа
murаkkаb turi inshоdir. Inshо oʻquvchilаrdа nutq, kitоb ostidа mustaqil
ishlаsh, hаyotni kuzаtish nаtijаsidа oʻzlаridа pаydо boʻlgаn