Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

“Ona tili fani 
konsepsiyasi”ning asosiy maqsadi va ustuvor yoʻnalishlarida 
oʻquvchilar nutqini oʻstirish belgilab qoʻyilgan. Bunda: 
- oʻz fikrini ogʻzaki va yozma tarzda adabiy tilning barcha 
me’yorlariga mos holda toʻgʻri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik 
madaniyati shakllangan, mustaqil, ijodiy fikrlay oladigan, oʻzgalar 
fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni 
kamol toptirish; 
- oʻquvchilarda “Ona tili” fani yuzasidan olgan bilim, koʻnikma va 
malakalarini hayotda va amaliy faoliyatida qoʻllash, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish 
kompetensiyalarini shakllantirish; 
- oʻquvchilarni fikrlashga, oʻzgalar fikrini anglashga va shu fikr 
mahsulini ogʻzaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga, 
ya’ni kommunikativ savodxonlikni rivojlantirishga oʻrgatish, mantiqiy, 
tanqidiy, kreativ va tizimli fikrlash, mustaqil qaror qabul qila olish, 
oʻquvchilarning oʻz intellektual qobiliyatlarini namoyon eta olishilari 
va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishilari uchun zarur shart-
sharoit yaratish; 
- ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalangan holda, 
oʻquvchining fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy 
tafakkurini oʻstirish va shu orqali oʻquvchilarni xalqaro baholash 
dasturlari malaka-talablariga javob beruvchi shaxsni kamol toptirish; 
Og
ʻ
zaki va yozma insho turlari


103 
- ona tili fanini oʻqitishda, asosan, oʻquvchining nutqiy (tinglab 
tushunish, 
gapirish, 
oʻqish, 
yozish) 
hamda 
lingvistik 
kompetensiyalarini oshirishga e’tibor qaratish kabi muhim vazifalar 
amalga oshiriladi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ona tili va oʻqish savodxonligi 
darslarida oʻquvchilarning ijodiy nutqiy faoliyatini tizimga solish 
uchun har xil metod va usullardan foydalanishi mumkin. Ona tili va 
oʻqish 
savodxonligi 
darslarida 
nutq 
oʻstirishning 
asosiy 
yoʻnalishlaridan biri matnning oʻquv tahlili boʻlib, u har xil nutqiy 
vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish, 
adabiy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga oʻrgatish 
orqali amalga oshiriladi. 
Oʻquvchilaming yozma va ogʻzaki nutqi darajasi bugungi kunda 
nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan 
biri boʻlib turibdi. 
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining koʻpchiligi oʻz fikrini 
aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon qilish 
qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat boshlangʻich 
sinf, balki yuqori sinf oʻquvchilarida ham kuzatiladi. Boshlangʻich 
sinflarda, xususan, ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida fikr 
ifodalashning 
nozik 
tomonlari, 
uning 
rang-barangligi 
va 
emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi. Nutqni ifodalashda 
bunday koʻnikmalani egallash va ogʻzaki nutqni takomillashtirish 
suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, ma’ruzalar asnosida 
amalga oshiriladi. 
Oʻquvchilarning ogʻzaki nutqi bilan bogʻliq holda ularning yozma 
nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, yozma nutqning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. U 
kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar ogʻzaki 
nutqda jumla yoki soʻzlarning toʻliq ifodalanmasligi, ayrim 
qoʻshimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari holatlar 
yuz berishi mumkin boʻlsa, yozma nutqda fikr ifodalashda mantiqiy 
izchillik soʻz va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi.
Oʻquvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usuli 
turli xil mavzularda bayon va insholar yozdirishdir. Oʻquvchilarning, 
boshqa turdagi mustaqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham 
oʻquvchilar yozma nutqining rivojlanishiga koʻmaklashadi. 



Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin