Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Morfologik-uslubiy
xatolarga soʻz shaklini, soʻz oʻzgartuvchi va 
soʻz yasovchi qoʻshimchalarni notoʻgʻri qoʻllashdan kelib chiqadigan 
xatolar kiradi. 
Sintaktik-uslubiy
xatolarga soʻz birikmasi va gap tuzishga oid 
xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir. 
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni notoʻgʻri bayon qilish nutqiy 
xato hisoblanmaydi. 


117 
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan 
rejaga mos kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda 
izchillikning buzilishi kiradi. 
Inshoga tayyorgarlik vaqtida oʻquvchilar kuzatish, material 
toʻplash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani 
qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni 
aniq koʻz oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga 
yoʻl qoʻyadilar. Bunday xato hikoya mazmunini toʻliq qamrab 
ololmaslik, materialni oʻz oʻrniga joylashtira olmaslik natijasidir. 
Inshoni rejali, izchil yozish koʻnikmasi murakkab koʻnikma boʻlib, u 
oʻquvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta 
shakllana boradi. 
Mantiqiy xatolar 
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur boʻlgan soʻz, ba’zan 
zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini 
tushunish uchun oʻquvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini 
kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez 
fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin 
yozish natijasida ayrim oʻrinlar yozuvda aks etmay qoladi. 
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Mantiqiy xatolarni oʻquvchilar 
matnni qayta oʻqish va tahlil qilish jarayonida oson toʻgʻrilaydilar. 
 
Oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini 
aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini oʻrganish asosida 
nutqqa oid xatolarni toʻgʻrilash va ularning oldini olish tizimi ishlab 
chiqiladi: 
1) nutqqa oid xatolarni oʻquvchilar daftarida toʻgʻrilash; 
2) sinf oʻquvchilari uchun umumiy boʻlgan nutqqa oid xatolar 
ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi 
ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, oʻquvchilarning 
yoʻl qoʻyilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni toʻgʻrilashga 
imkon beriladi); 
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, 
xatoni topish, tushuntirish va toʻgʻrilash; 
4) yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan nutqiy xatolarning oldini olishga 
qaratilgan uslubiy mashqlar tizimi (oʻqish va grammatika darslarida 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin