115
zarur oʻrinlar
tushib qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi,
asosiy fikr
aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama
elementlari bormi, uslubda xatoga yoʻl qoʻyilmaganmi, insho mavzusi
va vaziyatni yoritish vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik
elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (soʻz, gap soni; lakonizm yoki koʻp soʻzlilik).
5. Leksikasi (foydalanilgan soʻzlarning mazmuni inshoga mosligi).
6. Sintaksisi (fikrni ifodalash uchun tuzilgan gaplarning toʻgʻri
ekanligi).
7. Imloviy, ishoraviy savodxonligi.
8. Husnixat, xati, xat boshi, hoshiya.
Oʻquvchilar inshosiga qoʻyilgan bunday
talablar uni baholashda
real yondashishga imkon beradi.
Xatolar ustida ishlashga 20-25 daqiqa ajratiladi.
1) mavzuni e’lon qilish, uni oʻquvchilar bilan muhokama qilish;
2) toʻplangan materiallarni sistemaga solish, rasm asosida boʻlsa,
rasmni koʻrish, suhbat oʻtkazish;
3) reja tuzish yoki oldin tuzilgan rejaga aniqlik kiritish;
4)
matnni nutqiy tayyorlash, zarur soʻzlarni yozish, birikma gap,
bogʻlanishli
nutq tuzish, imlosi qiyin soʻzlarni tushuntirish;
5)
inshoni yozish, oʻqituvchi ayrim oʻquvchilarga induvidual
yordam beradi;
6)
insho tekshiriladi, oʻquvchilar tuzatishlari boʻlsa, baho
pasaytirilmaydi (oʻquvchilar tekshiradi);
7) oʻqituvchi 2 kun ichida inshoni tekshiradi.
Oʻquvchilarning inshоdаgi yoʻl qoʻyadigan xatolari, asosan, ikki
turga boʻlinadi:
а) qoʻpоl;
b) qoʻpоl boʻlmаgаn.
Qoʻpоl хаtоlаrginа bаhоgа sаlbiy tа’sir koʻrsаtishi mumkin. Bir-
ikki uslubiy, bеsh-оlti imlо, bеsh-оlti tinish jаmi oʻn toʻrt-oʻn bеsh
хаtоgа yoʻl qoʻyilgаn inshоlаr ham hаm ijоbiy bаhоlаnishi mumkin.
Nutqiy xatolarga notoʻgʻri (nooʻrin) tanlangan soʻzlar, notoʻgʻri
tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni notoʻgʻri ishlatish kiradi.
Dostları ilə paylaş: