Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

“Men nimalarni bilaman?”
mavzusidagi tanlovga bolalar juda 
qiziqadilar. Tanlov bolalarning mehnat koʻnikmalarini aniqlabgina 
qolmay, ularni uyda, polizda, bogʻda ishlashga ragʻbatlantiradi. 
Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga hurmatni tarbiyalashdir. 
Qishloq maktab oʻquvchilari ota-onalariga sabzavotlar ekish, hosilni 


111 
yigʻish, oʻtin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari 
haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. 
Bolalar foydali, zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning 
mohiyatini tushuntiradilar. Ular har qanday mehnat e’zozlanishini 
aytadilar. 
Kelajak haqida “
Kim boʻlishni xohlayman?”
mavzusida 
tayyorgarliksiz hikoya qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy 
kuchga ega. 
Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali oʻqib berish va tahlil 
qilish bolalarni tarbiyalaydi. Ba’zi maktablarda bolalar inshosi va hatto 
bolalar she’rlari toʻplami tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov 
e’lon qilinadi. 
 
Mavzu insho predmeti boʻlib, uning mazmunini tashkil etadi. 
Mavzuga qarab inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar 
tanlanadi. Inshoning toʻgʻri va toʻliq boʻlishi oʻqituvchi mavzuni 
qanday shakllantirishi, oʻquvchilar uni qanday tushunishlariga bogʻliq. 
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa 
ogʻzaki va yozma insho mavzusini belgilab olish muhim rol oʻynaydi. 
Oʻquvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab oʻrganadilar. 
Ular mavzuga oid gap tuzadilar. Masalan, oʻzining oilasi, kun tartibi, 
bahor bayramlari, uy hayvonlari haqida gap tuzadilar. Keyin savollar 
asosida bir mavzuga oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun 
iloji boricha tor − aniq chegaralash mumkin boʻlgan mavzuni tavsiya 
qilish foydali. 
“Salomatlik”
mavzusi oʻquvchilar uchun juda keng 
mavzu boʻlib, bunda oʻquvchi, umuman, salomatlik haqida, sogʻliq 
uchun foydali ishlar haqida yozishi mumkin, lekin gaplarning 
chegarasini aniq bilmaydi. Oʻquvchilarga salomatlikka oid 
“Spot –
sogʻlik garovi”, “Mikroblardan ehtiyot boʻling”, “Foydali oziq-ovqat 
mahsulotlari”, “Ozoda yurishning foydasi”
kabi mavzularni tavsiya 
qilish mumkin. 
Ogʻzaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni 
yoritishni talab qilishdan tashqari, avval material toʻplash va shu 
yigʻilgan materiallar asosida mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish 
ham mumkin. Mavzuni yoritish uchun oʻquvchilarga topshiriqlar 
beriladi. Masalan, “Mikroblar va bakteriyalar” mavzusida insho yozish 
uchun: Mikroblar va bakteriyalar nima? Ular qayerlarda boʻladi? 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin