107
Mаktаbdа yozmа vа оgʻzаki inshоlаr oʻtkаzib
bоrish orqali
oʻquvchilаrning nutq mаlаkаlаri oʻstirilаdi, ulаrni oʻtkаzish jаrаyonidа
oʻquvchilаrgа inshо аsоslаri - inshо mаvzusi vа uni yoritish yoʻllаri,
inshо rеjаsi vа uni tuzish yoʻllаri, rеjаning mаvzugа vа mаzmungа mоs
boʻlishi tushuntirb bоrilаdi.
Umumаn, mаktаbdа оgʻzаki vа yozmа inshоlаr bir-birigа bоgʻliq
hоldа оlib bоrilаdi vа shu yoʻl bilаn oʻquvchilаrdа nutq mаlаkаsi
oʻstirilаdi. Nutq mаlаkаsini egаllаsh esа har bir mаdаniyatli kishi,
jumlаdаn, oʻquvchilаr uchun hаyotiy zаruriyat boʻlib, umumiy oʻrtа
mаktаb tа’limidа аlоhidа аhаmiyatgа egа.
Insho ijodiy ishning yuqori shakli. U ogʻzaki
va yozma shaklda
oʻtkaziladi. Ogʻzaki shakli savod oʻrgatish jarayoniga toʻgʻri keladi,
ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida ham davom etadi. Umuman,
ogʻzaki insho - oʻquvchining oʻqituvchi bergan biror savoliga javob
berishi, biror voqea haqida axboroti,
rasm mazmunini hikoyalab
berishi. Bu insho shakli erkin. Demak, turli mazmundagi mashqlar
inshoga boʻysunadi. Yozma insho 1-sinfning 2-yarmidan boshlanib,
darslikda rasm yuzasidan berilgan savolga
javob yozish shaklida
amalga oshiriladi. Lekin bu paytda insho atamasi ishlatilmaydi. Ogʻzaki
insho koʻp oʻtkaziladi.
Insho oʻquvchini aqliy mustahkamlikka, fikrlashga, koʻrgan,
eshitgan,
kuzatganlarni baholashga, kuzatuvchanlikka, voqealarni
qiyoslashga, xulosa chiqarishga, munosabat bildirishga oʻrgatadi, fikrni
tartibli ifodalash orqali oʻz kuchiga ishonch uygʻotadi.
Matn ustida
ishlash jarayonida voqealarning sabab natija bogʻlanishini belgilaydi,
reja haqida oʻylaydi, soʻz tanlaydi,
birikma va gap tuzadi, imlosini
oʻylaydi - bu aqliy faoliyatni talab etadi.
Ogʻzaki va yozma inshoga oʻrgatish jarayonida oʻquvchilarda
mavzuni tushunish va yoritish, oʻz inshosini aniq fikrga boʻysundirish,
material toʻplash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja
asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til
vositalaridan
foydalanish,
yozgan
inshosini
takomillashtirish
koʻnikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, “texnik” vazifalar ham
amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga
e’tibor berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi
talablarga ham amal qilinadi.
Ogʻzaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga,
tayyorlash usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.