Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Oʻquvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Oʻquvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati


110 
Insho mavzusi: qahramonlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, 
maktab, ilm-xosiyati, ota-onalarga munosabat, kattalarga hurmat, 
tabiat, bayramlar, hayvonot dunyosi, yaxshilik, yomonlik, odob-axloq 
mavzularida boʻlishi oʻquvchilarning shunday axloqiy xulqqa ega 
boʻlishida muhim rol oʻynaydi. Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini 
oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish talab etiladi: 
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda ogʻzaki va 
yozma inshoni muntazam oʻtkazib borish bilan oʻquvchilarda 
mustaqillikni tarbiyalash.
Mustaqil insho oʻquvchilar faolligini 
oʻstiradi. 
2. Inshoni hayot bilan bogʻlash. 
Bunda kuzatishlar asosidagi 
insho, kundalik yuritish, qilingan ishlar yuzasidan “hisobot” tarzidagi 
insho, xat, maqola, oʻqilgan kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy 
ahamiyati juda katta. 
3. Insho uchun maktab va oʻqituvchining tarbiyaviy vazifalariga 
mos mavzu tanlash.
Mehnat, vatan, axloqiy muammolar haqidagi 
mavzular kiradi. 
4. Insho ustida ishlashda ishning emotsional darajasini oshirish.
Tabiatni qiziqarli, obrazli, ta’sirli qilib tasvirlash. 
“Vatan” soʻzini aytish bilan kishining bolalikda oʻsib-ulgʻaygan 
joyi tasviri koʻz oldida paydo boʻladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya 
materiali 
asosida 
mehnat 
haqidagi 
insho 
yangi 
tarbiyaviy 
imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab chiqarishdagi 
muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilgʻor kishilar haqidagi, kasb va 
mutaxassislik 
haqidagi, 
texnika 
haqidagi 
ma’lumotlardan 
foydalanadilar. Ishlab chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash 
bilan bogʻliq holda kasb haqida suhbatlashishga toʻgʻri keladi va bu 
inshoda oʻz aksini topadi. Mehnat haqidagi insho ijodiy ish shaklida 
yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish haqidagi insho 
mavzulariga 2-sinfda “Mening mahallam”, “Hunar – hunardan unar”, 
“Olim boʻlmoqchiman”, 3-sinfda “Kasbim - faxrim”, “Dangasalik 
yomon illat”, “Tomorqamizda”, 4-sinfda “Kulolchilik ustaxonasida”, 
“Birovning mulki” kabilar kiradi.

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin