Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

 
 
© “KAMOLOT” nashriyoti 
© QODIROVA SAODAT ABDURAXIOVNA 
 



SOʻZBOSHI 
 
Sharq qadim-qadimdan oʻzining ilm-fan va madaniyati bilan butun 
dunyo ahlini oʻziga rom qilib kelgan. Azal-azaldan qolib kelayotgan 
sharqona madaniyat va ilm-ma’rifat asrlar davomida yuksaldi, sayqal 
topdi. Buning negizi, albatta, farzandlarga berilgan ta’lim va tarbiyaga 
borib taqaladi. Har bir davlat, jamiyat borki oʻzining kelajagini yosh 
avlodida koʻradi. Farzandlarning kamol topmogʻi, jamiyat ravnaqi va 
osoyishtaligi uchun oʻz hissasini qoʻshmogʻi ularga beriladigan ta’lim 
va tarbiyaga bogʻliq. Ajdodlarimiz komil shaxs obrazini (qiyofasini) 
yaratishdi, uni hayolotdan reallika aylantirishga harakat qilishdi. 
Zamonaviy talqinda biz komil shaxs qiyofasida yuksak ta’lim va 
tarbiyaga ega boʻlgan, yangilik yaratishga intiluvchi, mustaqil va ijodiy 
fikrlaydigan, boshqalarga oʻzining ilgʻor fikrlari bilan ta’sir qila 
oladigan, bir soʻz bilan aytganda, har tomonlama mukammal shaxsni 
tushunamiz. Shaxsning mukammalligi uning amalga oshirgan ishlari va 
nutqida namoyon boʻladi. 
Goʻzal va ravon nutq inson fikr koʻlamining kengligi bilan 
belgilanadi. Nutq insonga berilgan eng oliy ne’matlarning biri 
boʻlibgina qolmay, u tafakkur mahsuli hamdir. Shuning uchun ham 
ta’limning ilk bosqichidanoq bolaning ogʻzaki va yozma nutqini 
oʻstirish har bir fan doirasida asosiy vazifa qilib belgilab olinadi. 
“Ona tli oʻqitish metodikasi” fani oliy ta’lim muassasalari 
Boshlangʻich ta’lim yoʻnalishi talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni 
shakllantirish, ularni boʻlajak mutaxassis sifatida tayyorlashda muhim 
oʻrin egallaydi. 
Bola nutqining takomillashuvida ona tili ta’limi katta imkoniyatga 
ega ekanligi bilan ajralib turadi. Ona tili darslarida bolaning ogʻzaki va 
yozma nutqini rivojlantirish masalasi bugungi kundagi ona tili oʻqitish 
metodikasi fani oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Ushbu 
qoʻllanma mana shu vazifani bajarishda samarali vosita boʻla oladi.



Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin