Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


Toʻrtinchi davr - maktab davri



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

Toʻrtinchi davr - maktab davri 
(7 yoshdan 17 yoshgacha). 
Bu davrning oʻziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining 
rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda roʻy beradi. 
Bu 
davrda 
bolalar 
tovushlar 
analizi, 
nutqning 
grammatik 
qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq 
yetakchi rol oʻynaydi. 
Bola nutqining rivojlanish jarayoni oʻz vaqtida toʻgʻri kechishi 
uchun maxsus sharoitlar zarurdir. 
Buning uchun: 
-
bola ruhiy va jismoniy jihatdan sogʻ boʻlishi; 
-
normal aqliy qobiliyatga ega boʻlishi; 
-
normal eshitishi va koʻrishi; 
-
yetarli darajada ruhiy faollikka ega boʻlishi; 
-
gaplashish ehtiyojiga ega boʻlishi; 
-
toʻgʻri nutq muhitiga ega boʻlishi lozim. 
Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi 
tushunchalarni oʻzlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va 
tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, 
uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bogʻliqdir. 
Kishilar tildan fikr bayon qilish quroli sifatida foydalanadilar. Ular 
oʻz fikrlarini ovoz bilan eshittirib bayon qilishdan oldin u haqida oʻylab 
oladilar. Bu 
ichki nutq 
hisoblanadi. Ichki nutq eshittirilmagan va 
yozilmagan, “oʻylangan” (fikrlangan) nutqdir, bu nutq fikrlovchi 
kishining oʻziga qaratiladi. 
Tashqi nutq 
tovushlar yordamida 
eshittirilib yoki grafik belgilar bilan yozilib, boshqalarga qaratilgan 
nutqdir. Ichki va tashqi nutqning fiziologik tabiati bir xil; farqi − tashqi 
nutqda nutq a’zolarining harakati natijasida tovush chiqariladi yoki 
yozib bayon etiladi; ichki nutqda nutq a’zolarining harakati tovushsiz 
yuzaga keladi. 
Nutqning asosiy turlari


11 
Ichki nutq materialni tushunish va yodda saqlashga yordam beradi, 
tashqi nutqni oʻstirishda birdan-bir zaruriy vosita hisoblanadi. Oʻylash, 
fikr yuritish ichki nutq asosida boʻladi. Ichki nutq oʻquvchini tashqi 
nutqqa, javobgarlikni his qilib gapirishga oʻrgatadi. Ichki nutq 
jarayonida oʻylash oʻquvchining nutqi va tafakkurining oʻsishida 
muhim vositadir. 
Maktabda oʻquvchilarning tashqi nutqigina emas, balki ichki 
nutqi ham oʻstiriladi. Bolalar ichda oʻqishga oʻrganadilar va ichki 
nutqda materialni oʻzlashtiradilar, turli vazifalarni oʻzlari hal qiladilar, 
asosiysi − oʻzlarining ogʻzaki va yozma fikrlarini tayyorlab oladilar. 
Fikrni ifodalash usuliga koʻra nutq 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin