18 1-sinf. Nutqiy kompetensiya O gʻ za k i nu tq - unli va undosh tovushlarni toʻgʻri talaffuz qilish;
- x va
h, oʻ va
u tovushlarini ogʻzaki nutqda farqlash (dasturda berilgan matnlar
asosida);
- tengdoshlari va kattalar bilan suhbatga kirisha olish, suhbatlashish odobiga
rioya qilish (bir-birini hurmat qilish, soʻzga chiqishni istashini hurmat bilan
soʻrash, mavzu yoki matn yuzasidan navbat bilan gapirish);
- rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlash;
- oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gapira olish;
- matnni qayta bayon qila olish.
Sa v o d ch iq a ri sh v a y o zm a nu tq - fikr ifodalashda bir-biriga oʻxshash (satr osti, satr usti harflari) harflarni farqlab
yozish;
- yozma nutqda
x va
h harflarini toʻgʻri qoʻllash;
- boʻgʻin koʻchirish qoidаsigа rioya qilish;
- husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qilgan holda 15–20ta soʻzdan
iborat diktant yozish;
- yil davomida oʻrganilgan fanlarga oid atamalarni farqlash va ularni toʻgʻri yoza
olish;
- berilgan rasm asosida, odam yoki ma’lum voqeani tasvirlab, 2-3ta gap tuzib
yoza olish;
- turli mavzularda tabriknoma yoza olish.
A n g la sh Oʻ qi sh v a tu shun is h - harflarning bosma va yozma shakllari muvofiqligi va farqlarini
ajratgan holda oʻqish va tushunish;
- oʻquv dasturida tavsiya qilingan matnlardagi soʻz va birikmalarning
ma’nosini anglash;
- darslikda berilgan lugʻatdan foydalana olish;
- matn yuzasidan savollar bera olish;
- matn tafsilotlarini aniqlashtirish uchun savollarga javob bera olish
(Kim? Nima? Qayerda? Qachon? Nima uchun? Qanday qilib? kabi);
- oʻqilgan ertaklarning xulosasini ayta olish.