103
- ona tili fanini oʻqitishda, asosan, oʻquvchining nutqiy (tinglab
tushunish,
gapirish,
oʻqish,
yozish)
hamda
lingvistik
kompetensiyalarini oshirishga e’tibor qaratish kabi muhim vazifalar
amalga oshiriladi.
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ona tili va oʻqish savodxonligi
darslarida oʻquvchilarning ijodiy nutqiy
faoliyatini tizimga solish
uchun har xil metod va usullardan foydalanishi mumkin. Ona tili va
oʻqish
savodxonligi
darslarida
nutq
oʻstirishning
asosiy
yoʻnalishlaridan biri matnning oʻquv tahlili boʻlib, u har xil nutqiy
vaziyatlarni hosil qilish, dialogik muloqot uchun vaziyat yaratish,
adabiy mavzularda monologik nutq turlaridan foydalanishga oʻrgatish
orqali amalga oshiriladi.
Oʻquvchilaming yozma va ogʻzaki nutqi darajasi
bugungi kunda
nafaqat metodik, balki jamiyat miqyosidagi ijtimoiy muammolardan
biri boʻlib turibdi.
Kommunikativ muloqot ishtirokchilarining koʻpchiligi oʻz fikrini
aniq va ravon ifodalashga, fikrlarini ma’lum bir tizimda bayon qilish
qobiliyatiga, ifoda izchilligiga ega emaslar. Buni nafaqat boshlangʻich
sinf, balki yuqori sinf oʻquvchilarida ham kuzatiladi. Boshlangʻich
sinflarda, xususan, ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida fikr
ifodalashning
nozik
tomonlari,
uning
rang-barangligi
va
emotsionalligiga erishishga e’tibor qaratiladi.
Nutqni ifodalashda
bunday koʻnikmalani egallash va ogʻzaki nutqni takomillashtirish
suhbat, muhokama, qayta hikoyalash, dialoglar, ma’ruzalar
asnosida
amalga oshiriladi.
Oʻquvchilarning ogʻzaki nutqi bilan bogʻliq holda ularning yozma
nutqini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, yozma nutqning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. U
kommunikativ jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Agar ogʻzaki
nutqda jumla yoki soʻzlarning toʻliq ifodalanmasligi, ayrim
qoʻshimchalarning tushirib qoldirilishi, almashinishi singari holatlar
yuz berishi mumkin boʻlsa, yozma nutqda
fikr ifodalashda mantiqiy
izchillik soʻz va iboralarning tizimliligi taqozo etiladi.
Oʻquvchi yozma nutqini takomillishtirishning keng tarqalgan usuli
turli xil mavzularda bayon va insholar yozdirishdir. Oʻquvchilarning,
boshqa turdagi mustaqil ishlari, yozma bajariladigan uy vazifalari ham
oʻquvchilar yozma nutqining rivojlanishiga koʻmaklashadi.