97
ish chegarasida barcha topshiriq va xatolar ustida ish olib borilmogʻi
lozim.
Bu darslar, ayniqsa, oʻquvchilar bayonga mustaqil reja tuzib
yozganlarida muhim hisoblanadi. О’qiluvchi ishlarni tekshirish vaqtida
reja sifatiga e’tibor beradi va uni alohida baholaydi hamda tahlil
oʻtkazish uchun xatolarni turlarga ajratadi.
Eng koʻp uchraydigan umumiy xatolar - matn qismlari
chegaralanishining notoʻgʻri boʻlishi; matn juda koʻp qismlarga ajratib
yuborilishi,
tanlangan
sarlavhaning
qism
mazmuniga
mos
kelmasligidir.
Oʻqituvchi toʻrtinchi sinfda oʻquvchilarning bayonini tahlil qilishni
yana boshqacha koʻrinishda, ya’ni um um iy ishdan boshlashi mumkin.
Oʻqituvchi matnni oʻqiydi va unda nechta qism borligini soʻraydi.
Oʻquvchilar har bir qism nechta gapdan tuzilganini aytadilar va nima
uchun
rejaning
bir
qismiga
birlashtirishni
tushuntiradilar.
Oʻqituvchining oʻzida reja namunasi, albatta, boʻladi. Ammo barcha
oʻquvchilarning tuzgan rejasiga oʻqituvchining rejasi mos kelishi shart
emas.
Oʻqituvchi tomonidan daftarda yozilgan topshiriqlar oʻquvchi
bajarishi uchun tushunarli boʻlishi kerak.
Agar xatolar bir qator oʻquvchilarda aynan oʻxshash boʻlsa, u holda
alohida mashqlar oʻtkazish lozim. Masalan:
1. Yozuv taxtasida berilgan soʻzlardan gap tuzing.
2. Savol oʻrniga tushirib qoldirilgan soʻzni yozing.
3. Yozuv taxtasida berilgan chizmani toʻldiring.
Oʻquvchiga juda koʻp miqdordagi uslubiy xatolarni mustaqil
toʻgʻrilash tavsiya etilmaydi.
Oʻquvchilarning yozma nutqlaridagi kamchiliklarini hisobga olish
jarayonida oʻqituvchi til darslarida oʻrganiladigan dastur materiallarini
ham oʻrganishga erishadi.
Dostları ilə paylaş: