Buxoro davlat universiteti qodirova saodat abduraximovna


grammatik topshiriqli bayon yozishga



Yüklə 44,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/115
tarix20.11.2023
ölçüsü44,74 Kb.
#161849
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
12686 2 B75AA9F34EE58F3B5753CA8B6D3DACA248374806

grammatik topshiriqli bayon yozishga
oʻrgatish muhim ishlardan biri hisoblanadi. 
Bayonning bu turi toʻrtinchi sinfda oʻtkaziladi. Bunday bayonni 
yozdirishdan avval oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqigan ayrim 
hikoyalaridagi shaxsni oʻzgartirib qayta hikoyalash yuzasidan mashqlar 
oʻtkazilgan boʻlishi kerak. Oʻquvchilar shaxsni oʻzgartirib hikoyalash 
haqida koʻnikma hosil qilganlaridan soʻng bunday turdagi bayonni 
oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Bayonning bu turi oʻquvchida 
hikoyadagi gaplarni qayta tuzishni talab qiladi. Chunki hikoya I shaxs 
nomidan berilgan boʻlsa, uni III shaxs nomidan, III shaxs nomidan 
berilgan boʻlsa, I shaxs nomidan hikoya qilish va bunda ega, kesimlarni 
shaxs va sonda moslashtirish lozim. 
Ayrim hollarda I shaxs nomidan berilgan hikoyalarni III shaxs 
(birlik) nomidan bayon qilishda shaxsni aniq koʻrsatish uchun unga 
birorta ism tanlashga toʻgʻri keladi.
Toʻrtinchi sinfda bayon ustida ishlash asta-sekin murakkablashib 
boradi. Bu murakkablik shundan iboratki, oʻquvchilarning oʻzlariga 
reja tuzish oʻrgatiladi. Hatto oʻquvchilar oʻzlari mustaqil tuzgan reja 

Bayon ustida ishlash metodikasi
4-sinf


94 
asosida bayon yozadilar. Bunda oʻqituvchining vazifasi - oʻquvchilarni 
matnni qismlarga boʻlib oʻqishga oʻrgatishdan iboratdir. Bu ish 
uchinchi sinfda olib borilgan metodik usullar va yoʻllar bilan amalga 
oshiriladi. Bular soʻz bilan tasvirlash, matnni qismlarga boʻlish 
(oʻqituvchi bergan sarlavha asosida), oʻquvchilar daftarlaridagi matnni 
qismga boʻlish, tanlab hikoya qilish yoki qayta tanlab hikoya qilish 
asosida qismga ajratishdan iboratdir. 
Toʻrtinchi sinfda bayon rejasini jamoa boʻlib tuzish, asosan, 
oʻquvchilarning mustaqilligini oshirishga qaratilgan. Birinchi yarim yil 
oxiriga borib oʻquvchilar oʻzlari mustaqil reja tuzishlari va matnning 
keng mazmunini bayon qila olishlari koʻzda tutilgan.
Reja tuzishga oʻrgatish jarayonida jamoa boʻlib reja bandlarining 
oʻrnini almashtirish mashqlari ham alohida oʻrin tutishi mumkin. 
Bunday mashqlarning ajralib turadigan tomoni shuki, reja asosida 
avval ishtirok etuvchi shaxslar harakati yoki hodisa tasvirlanadi, keyin 
avval boʻlib oʻtgan hodisalar yoki bayon qilingan hodisadan birmuncha 
avval boʻlgan hodisa, ya’ni tadrijiy ketma-ketlikka rioya qilinmagan 
holda tasvirlanadi. 
Oʻquvchilarni bayon yozishga yetarli darajada tayyorlash uchun 
matnni ikki marta qayta soʻzlatish lozim. 
Oʻzgartirilgan reja asosidagi bayon oʻquvchilarning faolligini 
oshiradi, ular reja tuzish va shu asosda soʻzlab berishda ijodiy 
xususiyatga ega boʻlgan qism larni kiritishga odatlanadilar. 
Bayon ustida 

Yüklə 44,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin